OFK U23. Tailand - Yaponiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqarib boradi
15 jan 2016 08:50
Yangiliklar
OFK U23. Tailand - Yaponiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqarib boradi
Ertaga U23 Osiyo chempionati 2-turi doirasida Tailand va Yaponiya o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
"B" guruhidan o'rin olgan mazkur bahsni o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotda hamyurtimiz Jahongir Saidov va eronlik Rizo Suhandon yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida eronlik Alirizo Fag'oni qayd etilgan. Malumot uchun, Tantashev 1-turda Tailand - Saudiya Arabistoni uchrashuvida zaxira hakami bo'lib faoliyat olib borgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Iroq o'rtasidagi o'yinni ummonlik hakamlar boshqarib borishi haqida xabar berdik.
Tailand - Yaponiya
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Jahongir Saidov (O'zbekiston), Rizo Suhandon (Eron)
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar