So’nggi yangiliklar

07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  22 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  1 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  4 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   11 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3

OFK U23. Qatar kundaligi Yangiliklar

OFK U23. Qatar kundaligi

Hamkasblar bilan Qatarda bo'lib o'tayotgan U23 Osiyo chempionatini yoritib borish maqsadida Dohaga etib kelganimizga 4 kun bo'ldi.

Hamkasblar bilan Qatarda bo'lib o'tayotgan U23 Osiyo chempionatini yoritib borish maqsadida Dohaga etib kelganimizga 4 kun bo'ldi. Saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashev kundalikni video tarzida tayyorlayotganliklari uchun mana shu to'rt kunlik haqida qisqacha malumot berishni maqsad qildim.

1-KUN
O'zbekistondan olti nafar jurnalist va 40ga yaqin muxlislar 13 yanvar kuni ertalab Toshkent – Dubay – Doha yo'nalishi bo'ylab Qatar poytaxtiga yo'l oldik. O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi o'yini boshlanadigan vaqtga 4 soat qolganda Dohaga etib keldik. Aeroport va mehmonxonadagi rasmiyatchiliklar sababli stadionga o'zimiz kutganchalik erta bora olmadik. OFK musobaqalar o'tkazish bo'limida faoliyat olib boruvchi Avaz Berdiqulov hamda O'FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizaevlarning yordami bilan akkreditaciyadan o'tganimizni tasdiqlovchi maxsus beyjiklarimizni stadionga borgan zahotimiz oldik, aks holda o'yinga kech qolishimiz mumkin edi. Buning uchun ularga minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz. Xullas, barcha rasmiyatchiliklar ortda qolgach stadionga kirib o'yinni suratlarda tarixga muxrlashga kirishdik. O'yin yomon o'tdi deya olmayman, lekin o'sha kuni g'alaba qozonish peshonamizga yozilmagan ekan. O'yin, o'yin atrofidagi jarayonlar ko'tarinki ruhda edi.



2-KUN
14 yanvar kuni terma jamoaning ertalabki mashg'ulotida bir kun oldin maydonga tushmagan futbolchilar maydonda shug'ullanishgan bo'lsa, Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaganlar trenajer zalida shug'ullandi. Kechqurun mashg'ulot esa murabbiylar shtabining qarori bilan bekor qilindi va teoriya qilindi. Unda bir kun oldingi o'yin sinchiklab tahlil qilinganini taxmin qilish mumkin. Biz esa kunni Dohadagi asosiy media markazda o'tkazdik. Darvoqe, asosiy media markaz “Al-Sadd” jamoasi stadionida joylashgan. U erda jurnalistlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, sizdan faqat ishlish talab etiladi. Asosiy media markaz haqida alohida maqola yozishga qaror qildim, faqat bugun emas.

Xorijda o'tkazilayotgan bunday katta musobaqada ilk bor ishlayotganim uchun bu erdagi sharoitlar meni hayron qoldirdi. Ochig'i, bunday qulaylikni kutmagan edim.



3-KUN
Bir kun avval O'FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizaev bilan terma jamoa joylashgan mehmonxonaga borib futbolchilardan intervyu olishga kelishib olgan edik. 15 yanvar kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi joylashgan “Radisson Blu” mehmonxonasiga bordik. U erda hamkasblarimiz bilan Samvel Babayandan tortib futbolchilargacha intervyular uyushtirdik. Kunimiz juda ham samarali o'tdi, ustozlarimiz aytganidek jurnalist qanchalik ko'p maqola yozsa, material tayyorlasa shunchalik o'sib boraveradi. Jurnalistning har bir ijodi unga adrenalin bo'ladi. Uchinchi kun biz uchun adrenalin bo'ldi.



Qatar musobaqani ajoyib tarzda o'tkazmoqda, barcha sharoitlar bor, ko'chalarda Osiyo chempionati shukuhi kezmoqda. U23 Osiyo chempionatini CA da kuzatib boring, sizlar uchun tayyorlayotgan maqolalarimiz anchagina. Hozircha, O'zbekiston U23 – Iroq U23 o'yiniga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Bugun olimpiya terma jamoamizni duo qiling, zero ular 30 milliondan ortiq insonlarning orzularini ro'yobga chiqarish uchun maydonga tushishadi. Ularga sizning madadingiz juda va juda zarur.


Tolibjon Qosimov
Doha, Qatar

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика