So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

OFK seminarining birinchi kuni haqida yoxud “Loko”ning OCHLdagi raqiblari Yangiliklar

OFK seminarining birinchi kuni haqida yoxud “Loko”ning OCHLdagi raqiblari

Teglar :  OCHL-2016Lokomotiv
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFKning Osiyo chempionlar ligasi va OFK Kubogiga bag'ishlangan birinchi kun seminari tashkil etildi.
Tabiiyki, seminarning biz uchun eng qaynoq nuqtasi Osiyo chempionlar ligasi bahslariga qura tashlangani bo'ldi. Quyida shular haqida batafsil fikr yuritamiz.


KUALAGA BANGKOK ORQALI

Toshkentdan Kuala-Lumpurga kecha tunda Bangkok orqali etib keldik. Avvaliga olti soatga yaqin Tailandga parvoz qildik. Keyin ikki soatcha Bangkok xalqaro aeraportida bo'lib, u erdan Malayziya poytaxti sari uchdik va bunda ham ikki soatcha yo'l bosishga to'g'ri keldi. Kuala-Lumpurga biz bilan birga “Paxtakor” va “Nasaf” klublari vakillari ham tashrif buyurishdi.

Ayni paytda “Lokomotiv” futbol klubining uch nafar vakili – klub Bosh direktori Zokir Seidullaev, xalqaro bo'lim mutaxassisi Sardor Akromov va klub matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov “Xilton” mehmonxonasida istiqomat qilyapmiz. Kecha aeroportda bizni OFK vakillari kutib olishdi va mehmonlar uchun ajratilgan mashinada to mehmonxonagacha salkam 50 daqiqacha yurishimizga to'g'ri keldi.

 20151209_143215

 20151209_171319


IKKI QISMLI TADBIR

Bugun ertalabdan OFKning tadbirlari boshlandi. Dastlab qaydnomadan o'tishga to'g'ri keldi. Keyin seminarning asosiy qismiga o'tildi va bunda OFK Bosh kotibi Dato Uindsor Jon so'z olib, Osiyo chempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqasi yildan yilga kuchayib borayotganini, buning natijasida Osiyo futboli ancha rivojlanayotganini alohida takidlab o'tdi.

Darvoqe, seminar ikki qismdan iborat bo'ldi. Seminarning birinchi qismi asosan OCHLning o'tgan mavsum yakunlariga bag'ishlandi: o'yinlar tahlil qilindi, xato va kamchiliklar aytildi. Musobaqa qanday o'tgani xususida OFKning “Musobaqalarni o'tkazish bo'limi” xodimlari Brayan Si, Pavel Luzanov so'zga chiqib, o'z xulosalarini bayon etishdi. SHuningdek, jamoalarga ko'rsatiladigan xizmatlar, matbuot bilan ishlash bo'yicha Darren Styuart, CHetan Kulkarnaki so'z olishdi.

 20151210_091917

 20151210_092237

Tushdan so'ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Navbat qura tashlash marosimiga etib keldi. Dastlab nufuzi jihatidan birmuncha past bo'lgan OFK Kubogiga qura tashlandi. Keyin esa Osiyo chempionlar ligasiga. OCHL qurasi natijalariga ko'ra, “Lokomotiv” “A” guruhidan joy oldi. “Temiryo'lchilar” o'z guruhlarida Eronning “Sepaxon”, BAAning “Al Nasr”, shuningdek pley-off g'olibiga qarshi bahs olib borishadi.

Pley-off o'yini bitta uchrashuvdan iborat bo'lib, bunda Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” klubi o'z maydonida Iordaniyaning “Al Vihdat” jamoasini qabul qiladi. Bunda kim g'alaba qozonsa, guruhimizning to'rtinchi jamoasi bo'ladi. “Lokomotiv”ning guruh o'yinlari taqvimi quyidagicha ko'rinish oldi:

23 fevral. “Lokomotiv” – “Al Nasr”
1 mart. Pley-off g'olibi – “Lokomotiv”
15 mart. “Sepaxon” – “Lokomotiv”
6 aprel. “Lokomotiv” – “Sepaxon”
20 aprel. “Al Nasr” – “Lokomotiv”
4 may. “Lokomotiv” – Pley-off g'olibi

E'TIBORGA MOLIK O'ZGARISHLAR

Kelasi yilgi Osiyo chempionar ligasi reglamentiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Bu narsa avvalo mukofot jamg'arisining oshgani bilan bog'liq. 2016 yilgi OCHLda kim g'alaba qozonsa, o'sha jamoa OFK tomonidan 3 million AQSH dollari miqdorida rag'batlantiriladi. Ikkinchi o'rin sohibi 1 million dollarga ega bo'ladi. To'rtta yarim finalchining har biri 200 ming dollardan mukofot puli olsa, chorak finalga chiqqan sakkizta jamoa (har biri) 120 ming dollarga o'z hisobini to'ldirib oladi. Guruhdan chiqqan har bir jamoa esa 80 ming dollardan pulga ega bo'ladi. Xuddi shunday taqsimlash OFK Kubogi musobaqasida ham bor. Xususan kelasi yilgi g'olib bir million dollarni, ikkinchi o'rin egasi esa 500 mingni qo'lga kiritadi.

 20151210_163147

 20151210_164046

Bu yilgi OCHL uchun o'yinchilarni zayavkadan o'tkazish muddatining oxirgi kuni guruh ishtirokchisi uchun 24 yanvar qilib belgilangandi. Kelasi yil esa oxirgi muddat birinchi o'yin bo'lib o'tishiga 30 kun qolganda deya belgilab qo'yildi. SHuningdek, chorak finalga chiqqan jamoalar ham chorak finalning birinchi o'yini bo'lib o'tishiga o'ttiz kun vaqt qolganda oxirgi zayavkani OFKga taqdim etishlari shart. Bundan tashqari, uchrashuv protokoliga bundan buyon faqat komissar imzo chekadi. Klub menejeri hamda bosh murabbiyning imzo qo'yishiga hojat qolmaydi. Qolaversa, har bir futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi ingliz tiliga tarjima qilingan bo'lishi lozim.

Endilikda o'yinning butun ahamiyatga molik jihatlari komissarlar qo'lida bo'ladi. Komissar bir vaqtning o'zida hakamlarni, nazoratchini, mahalliy matbuot kotibini, marketologlarni, xavfsizlik xodimlarini, tibbiyot vakillarini hamda volontyorlarni nazorat qilish huquqiga ega.

Tadbirning ikkinchi va yakuniy qismi ertaga bo'ladi. Bunda stadionlarga muxlislar tashrifi, tartib-intizom, kelishilgan o'yinlar, hakamlik bilan bog'liq muammolar, marketing, o'yinlarni TVga uzatish, tibbiyot kabi masalalar ko'tariladi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

20151209_143215

 20151209_171319

 20151210_091917

 20151210_092237

 20151210_092856

 20151210_093104

 20151210_154423

 20151210_163147

 20151210_164046

 20151210_164226

 20151210_164323


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика