So’nggi yangiliklar

18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  0 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  9 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   3 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  2 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  11 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  8

OFK seminari bizga nima beradi? (Mulohaza) Yangiliklar

OFK seminari bizga nima beradi? (Mulohaza)

Teglar :  OFK seminari
10-11 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFKning 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogiga bag'ishlab ananaviy seminari tashkil qilindi.

Men bu seminarda ilk bor ishtirok etganim bois o'ziga yarasha iliq taassurotlar bilan qaytdim va quyida o'z taassurotlarimni bayon etishni lozim topdim.

Seminar 10 dekabr kuni ertalab soat 9:00da boshlandi. Hammasi ajoyib tarzda yo'lga qo'yilgan. Seminar bo'ladigan katta zalga kirishdan oldin ro'yxatdan o'tasiz. Qaysi klub xodimi ekaningizni tasdiqlatib, OCHL va OFK kubogida qatnashuvchi barcha klublar vakillari yozilgan ro'yxatga qo'l qo'yasiz. Sizga OFK vakillari seminarda qatnashish huquqini beruvchi beyjikni taqdim etishadi va qarabsizki, seminar ishtirokchisiga aylanasiz.

"Lokomotiv" futbol klubidan uch kishi bu yilgi seminarga borib keldi. Bular - klub Bosh direktori Zokir aka Seidullaev, xalqaro bo'lim mutaxassisi Sardor Akromov va men - jamoa matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov. Biz bilan shuningdek, "Paxtakor", "Nasaf" va "Bunyodkor" vakillari ham ikki kunlik seminarda ishtirok etishdi.

Seminar davomida ko'pchilik OCHL va OFK kubogi qurasini kutgani bor gap. Ammo boshqa mavzular ham o'zini qiziqtirmay qo'ymadi. Xususan OCHL va OFK Kubogining bu yilgi mavsumi qanday o'tgani katta ekranda juda chiroyli qilib yoritib berildi. Dastavval OFK Bosh kotibi Dato Uindsor Jon so'zga chiqqan bo'lsa, keyinchalik tashkilotning "Musobaqalar o'tkazish bo'limi" xodimlari navbati bilan so'z olib, OCHL va OFK Kubogi haqida o'z fikrlarini bayon etishdi. So'zga chiqqanlar orasida o'zbekistonlik muxlislar Pavel Luzanovni yaxshi tanishsa kerak.

Ikki kunlik seminarda musobaqalarni yuqori saviyada tashkil qilish, mehmon jamoalarga ko'rsatiladigan xizmatlar, matbuot bilan ishlash, stadionga muxlislar tashrifi, tartib-intizomga rioya qilish, kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmaslik, hakamlik sohasi, marketing, o'yinlarni TVga uzatish va tibbiyot bilan bog'liq masalalar keng yoritildi. Malumot o'rnida Janubiy Koreyaning "CHonbuk Xyunday" jamoasining ishlash tartibi hamda qanday qilib rivoj topayotgani keng ommaga namoyish etildi. Seminarning oxirgi soatida esa OCHLda bir guruhdan o'rin olgan jamoalar bir-birlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi. OFKga klub formalari taqdim etildi.

Tabiatan shundayman, qaysi bir davlatga bormay u erdagi futbolni, futbolga bo'lgan munosabatni o'zimizniki bilan taqqoslashni va bu borada biror xulosa chiqarishni joiz deb bilaman. Ikki kunlik seminarda qatnashib, shunga guvoh bo'ldimki, OFK rivojlanishga, Osiyoning barcha burchaklarida futbolni o'stirishga harakat qilmoqda. SHuningdek, bu kabi seminarlar shunchaki qog'oz to'ldirish, o'tsa bo'ldi qabilida tashkil etilmayapti. Ular-ku umuman bunaqa narsalarni tushunmaydi ham. Tashkilot uchun futbol rivoji va uning odamlar tomonidan sevib tomosha qilinishi birlamchi o'rinda turadi.

Bu kabi seminarlarga bizdan O'FF va PFL xodimlari ham borishadi. Ammo nima uchundir o'zimizga kelganda mana shunday yig'ilishlar hech tashkil qilinmaydi. To'g'ri, bizdayam mavsum yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish, majlislar bo'ladi, lekin uning asosiy qismi oliy liga, O'zbekiston kubogi va birinchi ligaga qura tashlash bilan o'tib ketadi. Boshqa masalalar deyarli ko'tarilmaydi, ko'tarilsa ham shunchaki qo'l uchida o'tib ketiladi.

Biz PFL unday qilishi kerak deb maslahat bera olmaymiz, lekin ichki futbolimizni boshqaruvchi tashkilot ham OFKdan o'rnak olib har yilning oxirida mana shunday seminarlar o'tkazib tursa foydadan holi bo'lmasdi. Ehtimol, OCHLda ishtirok etuvchi klublar uchun PFL tashkil qiladigan seminar qiziq tuyulmas, chunki bu klublarning shundoq ham ko'p narsadan xabari bor, ammo boshqa jamoalar uchun ayni muddao bo'ladi degan fikrdamiz.

O'ylaymizki, PFL yig'ilishida ham musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish, mehmon jamoalarni kutib olish va kuzatib qo'yish, matbuot kotiblarining OAV bilan ishlashi, o'yinlarga muxlislar tashrifi, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash olib borish, hakamlik muammolari, marketing, menejment, markaziy bahslarni "Sport" TV orqali efirga uzatish, tibbiyot masalalalari ko'tarilsa va har bir soha bo'yicha o'z mutaxassislari minbarga chiqib maro'za o'qisa, klublar vakillari bilan savol-javoblar o'tkazilsa, mana shundagina futbolning boshqa yo'nalishlarida ham rivojlanish kuzatilsa ajab emas.

Matbuotda kelishilgan o'yinlar, stadionga keluvchi odamlarning soni yildan yilga kamayib ketayotgani, aksariyat uchrashuvlar TV orqali namoyish etilmayotgani keng ko'tariladi. Ammo shunday bo'lyaptiki, bu mavzular matbuotda chiqib shu bilan qolib ketyapti. Amaliy choralar esa ko'rilmayapti, ko'rilayotgan bo'lsa ham deyarli sezilmayapti. Biz necha marta aytganmiz, kuchli chempionat - bu kuchli terma jamoa degani. CHempionatimiz zo'r bo'lib, kelilishgan o'yinlarga barham berilsa hamda barcha sohalarda birdek rivojlanishga erisha olsak, ishoning Yaponiyadan kam joyimiz qolmaydi. CHunki ular o'ynayotgan futbolni biz ham o'ynay olamiz.

Yaponiyadek bo'lish uchun esa faqat murabbiy, hakamlar saviyasini oshirish, futbolchilarni qattiq shug'ullantirishning o'zi kamlik qiladi. SHu bilan birga o'zbek futboliga atrofdagilar qiziqishini ham oshirishimiz darkor. Katta-katta kompaniyalarni futbolga jalb qilishimiz kerak, homiylar futbolga investiciya kiritishlari lozim. Oliy liganing har bir klubi qaysi o'rin uchun kurashishidan qatiy nazar, faqat natija ko'rsatishni o'ylamasdan, matbuot bilan ishlash, marketing kabilarni ham yo'lga qo'yib olishi lozim. Va bu narsa 16ta klubning har birida bo'lishi kerak. 16 jamoaning kuchayishi esa kuchli chempionatni yuzaga keltiradi va bundan birinchi navbatda Terma Jamoa yutadi.

Malayziyadagi ikki kunlik seminarda ishtirok etib, men o'zimga mana shunday xulosalarni oldim. Malayziya uzoq, borib-kelish osonmas, ammo O'FF va PFL binosi hammamizga bir qadam. Futbolda nimanidir o'rganish uchun juda uzoqqa borish shartmas. SHundoq "Paxtakor" metrosidan chiqib, 10 daqiqacha yursangiz bas, bilmaganlarimizni o'rgata oladigan tashkilot binosi bor. O'zbek futbolining rivoji ko'p jihatdan ana shu tashkilotda ishlaydigan rahbarlar va mutaxassislarga bog'liq. Aynan ular turli mavzularda seminarlar tashkil etib, odamlarni futbolga jalb qilishi soha vakillarining qarashlarini o'zgartiradi deb o'ylaymiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика