So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  7 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  20 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

OFK sayti toshkentlik yigit bilan suhbat qurdi Yangiliklar

OFK sayti toshkentlik yigit bilan suhbat qurdi

OFK sayti BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi haqida turli malumotlarni berib bormoqda.

Sayt xodimlari faqat o'yinlar o'tadigan stadionlar va ishtirokchi jamoalarni yozish bilan cheklanib qolishayotgani yo'q. Ular BAAda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari bilan ham suhbat qurishyapti. Mana shunday suhbatlardan biri hamyurtimiz bilan kechdi.
Tanishing, Mahmud Muzaffarovich. U Toshkentdan BAAga uch yil oldin kelgan. Dubayda restoran faoliyati bilan shug'ullanadi. Muzaffarovich OFK vakili bilan suhbatda BAAda istiqomat qilayotgani, o'z kasbi hamda futbolga qiziqishi haqida so'zlab berdi.    

"Bu erning odamlari juda yaxshi, - deydi Mahmud Muzaffarovich. - BAA xalqi hammaga xushmuomala. Men O'zbekistonni ko'p sog'inaman, ayniqsa to'ylarni. To'y bizda uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan anana hisoblanadi. To'ylarimizda raqslar zo'r bo'ladi, ko'rib zavqingiz keladi".

"Bizda eng asosiy milliy taom bu palov. Palovni hozir istalgan joyda topishingiz mumkin. Markaziy Osiyo deysizmi yoki Rossiyadami, lekin palovdan tashqari boshqa mazali taomlarimiz ham bor. Masalan, lag'mon, somsa. Salqin ichimliklar orasida kompotga etadigani yo'q. Men hozir Dubayda "Toshkent" nomli restoran yurityapman. O'zbek milliy taomlaridan totib ko'rishni istovchilarni restoranimizga taklif etib qolaman".

"Endi futbol haqida gapiradigan bo'lsam, men "Paxtakor" muxlisiman. Eng sevimli futbolchim Odil Ahmedov. Men uning o'yinlarini tez-tez kuzatib borishga harakat qilaman. Uni ko'pchilik yoqtiradi, faqat yaxshi futbolchi uchunligi emas, balki inson sifatida ham hurmatga sazovor. Yanvarda o'tkaziladigan Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Nasib qilsa stadionga borib jamoamiz o'yinini ko'rmoqchiman. Men optimist insonman, shu bois finalga chiqamiz deb o'ylayman".

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика