OFK rahbari O'FF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yo'lladi
12 sen 2017 16:55
Yangiliklar
OFK rahbari O'FF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yo'lladi
Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik maktubini yo'lladi.
“Hurmatli prezident! O'zbekiston Futbol Federaciyasining bugun bo'lib o'tgan konferenciyasida bir ovozdan prezident etib saylanganingiz bilan tabriklayman. Sizning prezident etib saylanganingiz O'zbekiston futbol oilasining sizga bo'lgan sadoqati va ishonchi namunasidir. Ishonamanki, siz mamlakatingizda futbol rivoji uchun sezilarli hissa qo'sha olasiz. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun men va OFK sizni qo'llab-quvvatlashga doim tayyor. Siz bilan yaqin kelajakda ko'rishamiz degan umiddaman”, – deyiladi OFK prezidenti maktubida.
O’xshash yangiliklar
08:50
Sofascore. Kechagi uchrashuv uchun O'zbekiston OTJ futbolchilari qanday baholarga loyiq ko'rildi? 57
Fikrlar