So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

OFK prezidenti Mirabror Usmonovni xotirladi Yangiliklar

OFK prezidenti Mirabror Usmonovni xotirladi

OFK rasmiy saytida tashkilot rahbarining video xabari joylandi.

Video xabarda OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O'FA sobiq prezidenti, marhum Mirabror Usmonovni xotirladi. 

Xususan SHayx Salmon shunday deydi: "OFK va Osiyo futboli oilasi nomidan eng yaqin do'stlarimizdan biri Mirabror Usmonov xotirasini yod etishga ruxsat bergaysiz". 

"Osiyo futboli rivoji uchun ko'pchilik erkaklar va ayollar hissa qo'shib keldi. Mirabror Usmonov ham o'z vaqtida qita futboli rivojiga katta yordam bergan taniqli shaxslardan biri bo'lib qoladi".

"O'zbekiston futbol federaciyasini 2006-2017 yillar oralig'ida boshqargan Mirabror Usmonov nafaqat o'zbek futboli, balki Osiyo futboli uchun ham ko'p xayrli ishlarni amalga oshirdi. Osiyo Kubogi-2011da O'zbekiston terma jamoasining to'rtinchi o'rinni egallashida ham bu insonning qo'shgan hissasi katta".

"SHuningdek, 2015 yil birinchi bor Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tashkil etilishida ham Mirabror Usmonov muhim rol o'ynadi tashkilotning birinchi prezidenti etib tayinlandi". 

"Mirabror Usmonov sportdagi faoliyati mobaynida faqat futbol bilan chegaralanib qolmadi, uning 2013-2017 yillar oralig'ida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari lavozimida ishlashi O'zbekistonda sportning boshqa turlari ham ko'tarilishiga zamin yaratdi". 

"2016 yil bo'lib o'tgan Rio Olimpiadasida O'zbekistonning umumiy hisobda 13ta medal yutishi aynan Mirabror Usmonov sportga rahbarlik qilgan yilga to'g'ri keldi". 

"Ikki yil oldin Mirabror Usmonovning vafoti haqida xabarni eshitganimda juda noqulay holatga tushib qoldim va qattiq xafa bo'ldim. Butun Osiyo futboli jamoatchiligi marhumning yaqinlariga taziya izhor etdi". 

"Mirabror Usmonov ajoyib rahbar bo'lish bilan birga juda yaxshi inson edi. U kishining xotirasi hamisha qalbimizda. Hech shubhasiz, Mirabror Usmonov O'zbekiston sporti uchun ko'p xayrli ishlarni amalga oshirgan shaxs sifatida tarixda qoladi".

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика