OFK o'zbekistonlik futbolchini 2 oyga diskvalifikaciya qildi
27 fev 2020 12:23
Yangiliklar
OFK o'zbekistonlik futbolchini 2 oyga diskvalifikaciya qildi
"Osiyo futbol konfederaciyasi intizom qo'mitasining qarorlarini elon qildi. Unga ko'ra, 30dan ortiq ishlar ko'rib chiqilgan. Ularning biri O'zbekistonga bog'liq.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Odilbek Abdumajidov Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo chempionati saralash o'yinidagi chetlatilishi uchun 2 oyga - 24 fevraldan 23 aprelgacha diskvalifikaciya qilindi va 2000 dollar jarimaga tortildi. Bu diskvalifikaciya futbol bilan shug'illanishni cheklamaydi. Abdumajid ushbu muddat ichida futbol o'yinlarida ishtirok etmaydi.
Boshqa qarorlar orasidan Laos terma jamoasi ikki futbolchisi bir umrga chetlatilganini alohida ko'rsatish mumkin. Bu ikki o'yinchi kelishilgan o'yin tashkillashtirishda (2017 yilning 5 oktyabrida Gonkong - Laos) aybdor deb topildi. Yana bir futbolchi ham vaqtincha diskvalifikaciya qilindi. Hozircha uning o'sha o'yinga aloqadorligiga to'liq aniqlik kiritilmadi.
Bundan tashqari, OFK CHempionlar ligasi-2019 musobaqasida ishtirok etish maqsadida noto'g'ri berilgan licenziyalar uchun 120 000 dollarga jarimaga tortildi" - deb yozadi Alisher Nikimbaev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U19 hamda Saudiya Arabistoni U19 terma jamoalari o'rtasidagi bahsda mushtlashuv sodir bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar