So’nggi yangiliklar

20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  0 20:15Суперлига. "Динамо" - "Сурхон" (матнли трансляция)  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  66 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0 19:27"Ньюкасл" "Бавария" юлдузига қизиқмоқда  0 18:56Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  0 18:28Максим Шацких "Андижон" – "Нефтчи" учрашувига келди  13 18:06Осиё жамоалари Жаҳон чемпионатини тарк этди  1 17:38Расман: Хаби Алонсо "Байер"дан кетаётганини эълон қилди  28 17:24АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  0 16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   2 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  8 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0

OFK kubogi sohibi, O'zbekistondagi barcha sovrinlarni yutgan Eldorbek Suyunov 29 yoshga to'ldi Yangiliklar

OFK kubogi sohibi, O'zbekistondagi barcha sovrinlarni yutgan Eldorbek Suyunov 29 yoshga to'ldi

12 aprel o'z tavallud ayyomini nishonlayotganlarni tabriklashda davom etamiz.

Bugun Toshkentning “Paxtakor” va O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Eldorbek Suyunov ham tug'ilgan kunini o'tkazmoqda.

Mahoratli darvozabon “CHig'atoy” futbol maktabi va “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvichisi hisoblanadi. SHu vaqtga qadar Marat Galimov, Denis Ivankov, Pyotr Gizimchuk, Anvar Rashidov kabi tajribali mutaxassislar qo'l ostida shug'ullangan. Ayni vaqtda esa poytaxt jamoasida darvozabonlar murabbiyi Ibrohim Yilmaz murabbiyligida malakasini oshirib kelmoqda. “Nasaf” jamoasidagi o'yinlari bilan omma etiboriga tushgan Suyunov 2013 yil ilk marotaba milliy terma jamoadan chaqiruv oladi. Osiyo kubogi – 2015 saralashi doirasidagi Vetnamga qarshi o'yinda birinchi marotaba terma jamoa libosida maydonga tushadi. 2014 yil Osiyo o'yinlarida terma jamoa bilan nimchorak finalgacha etib bordi. “Ajdarlar”ning asosiy figurasiga aylangan futbolchi bu jamoa bilan 2011 yil OFK kubogida, 2016 yil O'zbekiston Superkubogi, 2015 yil mamlakat kubogida g'olib chiqdi. O'shanda Jizzaxda bo'lib o'tgan finalda poytaxt grandi “Bunyodkor” mag'lubiyatga uchratilgandi. 2017 yil ikkinchi davrasida “Paxtakor”ga transferqilingan Eldor Suyunov klubdagi dastlabki yillarida bronza va kumush medallariga ega chiqdi. O'tgan mavsum futbolchi uchun faoliyatidagi eng esda qolarli yillardan biri bo'ldi desak adashmaymiz. Boisi, u “sherlar” bilan chempionlik, kubok, Liga kubogida bosh sovrinni boshi uzra baland ko'tardi. 2019 yil Ignatiy Nesterov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagach Eldor Suyunov termaning to'laqonli birinchi raqamli darvozaboni sifatida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Farrux Sayfiev (“Paxtakor” futbolchisi, Eldor Suyunovning yaqin do'sti): Eldor bilan “Nasaf”da ham birga to'p tepganmiz. Fursatdan foydalanib do'stimga sog'lik salomatlik va uzoq umr tilayman. Eldor hozirda jamoamizning ajralmas bo'lagi desam ham bo'ladi. Qiyin paytlarda o'zining ajoyib seyvlari bilan jamoamiz joniga oro kirgan. Maslahatini yosh futbolchilardan ayamaydi. 

Denis Ivankov (O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi): Albatta, Eldorni tug'ilgan kuni bilan tabriklab qolaman. Birinchi galda sog'lik va quvonch tilayman. Oilaviy hayotida baxt, faoliyatida esa omad va zafarlar tilab qolaman.



Quyida Eldorbek Suyunovning 2019 yil yoz faslida championat.asia saytiga bergan video intervyusini taqdim etamiz.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика