OFK kubogi. SHohruh Gadoevning goli "Muharraq"ga g'alaba keltirdi
14 apr 2016 04:09
Yangiliklar
OFK kubogi. SHohruh Gadoevning goli "Muharraq"ga g'alaba keltirdi
OFK kubogi.
"D" guruhi, 4-tur.
"Al Jayish" (Suriya) - "Muharraq" (Bahrayn)
Gollar: Abdullatif (35), SHohruh Gadoev (47).
Bahrayning "Muharraq" jamoasi safida o'ynayotgan hamyurtimiz SHohruh Gadoev OFK kubogidagi "Al Jayish"ga qarshi o'yinda ham gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Gadoev o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi va 82-daqiqa maydonda harakat qildi. "Muharraq" jamoasining "Al Jayish" darvozasiga kiritgan ikkinchi goliga aynan Gadoev mualliflik qildi. Bunga qadar Gadoev chempionat doirasidagi uchrashuvda ham jamoasining ikkita goliga mualliflik qilgandi. Unga qadar esa SHohruh Gadoev Bahrayn kubogi o'yinida ham gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Demak shu tariqa Gadoev barcha musobaqalarda "Muharraq" safida gol kiritishga ulgurdi.
"Muharraq" jamoasi ayni paytda OFK kubogida to'rtta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan va guruhda yakka peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar