So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

OFK kubogi-2021. Husayn Norchaevning benefisiga aylangan uchrashuvda "Nasaf" Hindiston klubini yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

OFK kubogi-2021. Husayn Norchaevning benefisiga aylangan uchrashuvda "Nasaf" Hindiston klubini yirik hisobda mag'lub etdi

OFK kubogi-2021 Inter Zonal yarim finali doirasidan o'rin olgan "Nasaf" - "Mohun Bagan" uchrashuvi yakunlandi.

OFK kubogi-2021
Hududlararo yarim final
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Mohun Bagan” (Hindiston) 6:0 (TUGADI)
22 sentyabr 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 20:00 (Uzreport TV LIVE)
Bosh hakam
: Hanna Hattab (Suriya).
Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad (Suriya), Mazen Zazfun (Suriya).
Zaxira hakami: Masud Tufaeliy (Suriya).
Hakamlar nazoratchisi: Mahyub Sodiq (Falastin)
Tibbiy va infekciya nazorati oficeri: Farrux Avezov (Tojikiston)
Uchrashuv komissari: Fahad Al Barrak (Quvayt)
OFKning mahalliy koordinatorlari: SHerzod Rajabov, Zohirjon Akramxonov. 

Gol: Suhrob Nurulloev 4, 1:0, Husayn Norchaev 17, 2:0, Husayn Norchaev 20, 3:0, Husayn Norchaev 30, 4:0, Oybek Bozorov 45+1, 5:0, Doniyor Narzullaev 72, 6:0

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov, 10. Bahrom Abdurahimov ( 50. SHohmalik Komilov, 60), 19. Husayn Norchaev ( 99. Andriya Kaluderovich, 46), 20. Suhrob Nurulloev (7. Doniyorjon Narzullaev, 60), 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov (28. Sardor Sadullaev, 75), 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov ( 5. G'olib G'aybullaev, 75) 

Zaxira: 2. Alibek Davronov, 13. Azamat Soiybov, 15. Jo'rabek Mannonov,  70. Abubakr Rizo Turdaliev, 71. Jasur Jumaev

"Mohun Bagan": 1. Amrinder Singx, 6. Ashutosh Mehta, 7. Jon Ensio Kauko (16. Abishek Dananjay,), 8. Karl Mjuj, 9. David Villiyams (25. Kiyan Nassiri Giri, 88), 11. Manvir Singx (23. Sosai Raj Mikealadmai, 68), 15. Subhasish Bose, 18. Sekx Sahil ( 27. Liston Kolako, 46), 20. Pritam Kotal, 21. Roy Krishna, 42. Lenniy Rodriges

Zaxira: 2. Sumit Ratxi, 3. Bibiyananda Singx, 12. Avilash Paul, 13. Ravi Bahadur Rana,   30. Engson Singx, 33. Pradir Das

Ogohlantirish: Pritam Kotal ("Mohun Bagan") 2, Subxasish Bose ("Mohun Bagan") 28, Ashutosh Mehta ("Mohun Bagan") 65, Sardor Sadullaev ("Nasaf") 79


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. O'ZGARISH. "Mohun Bagan", David Villyams o'rniga Kiyan Nassiri, Jon Kauko o'rniga Abishek Dananjay maydonga tushdi. 

87. Andriya Kaluderovich imkoniyatdan foydalana olmadi. 

79. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Sardor Sadullaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

75. O'ZGARISH. "Nasaf", Oybek Bozorov o'rniga Sardor Sadullaev, Umar Eshmurodov o'rniga G'olib G'aybullaev maydonga tushdi. 

72. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Doniyor Narzullaev hisobni yiriklashtirdi. Himoyadagi palapartishlikdan Narzullaev foydalanib gol urdi. Unga uzatmani Marko Stanoevich amalga oshirgandi. 

68. O'ZGARISH. "Mohun Bagan", Manvir Singx o'rniga Sosai Raj maydonga tushdi 

65. OGOHLANTIRISH. "Mohun Bagan", Ashutosh Mehta Oybek Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi 

60. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov o'rniga SHohmalik Komilov, Suhrob Nurulloev o'rniga Doniyor Narzullaev maydonga tushdi. 

60. ZARBAAAAAAA. Oybek Bozorovning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

54. ZARBAAAAAAAAA. Andriya Kaluderovichning zarbasini raqib posboni egallab oldi. 

48. ZARBAAAAAAA. Oybek Bozorovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

46. O'ZGARISH. "Mohun Bagan", Sekx Sahil o'rniga Liston Kolako maydonga tushirildi. 

46. O'ZGARISH. "Nasaf", Husayn Norchaev o'rniga Andriya Kaluderovich maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+1. GOOOOOOOOOOOOL. Dilshod Saitov o'ng qanotdan kirib borib to'pni Oybek Bozorovga oshirdi. Bozorov vaziyatni ko'kka sovurmadi va gol urdi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

42. YO'Q. Oybek Bozorov penaltini aniq amalga oshira olmadi. Hisob o'zgarmadi. O'yin davom etmoqda. 

41. PENALTIIIIIIIII. "Mohun Bagan" Bahrom Abdurahimovni jarim maydonchasi ichida yiqitdi. 

38. ZARBAAAAAAAA. Oybek Bozorovning zarbasiga birooz aniqlik etishmadi. 

35. ZARBAAAAAAAAA. Marko Stanoevichning ajoyib zarbasi noaniq ketdi. 

30. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Yana Husayn Norchaev. Yashavor o'g'il bola. Uchrashuv Norchaevning benefisiga aylanmoqda. Akmal Mozgovoyning markazdan bergan qoyilmaqom uzatmasidan so'ng hujumchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va osonlikcha gol urdi. 

27. ZARBAAAAAAAAAAAA. Suhrob Nurulloevning yo'llagan zarbasi kuchli chiqdi. 

26. OGOHLANTIRISH. "Mohun Bagan", Subxasish Bosega sariq kartochka ko'rsatildi. 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SHerzod Nasrullaev yana chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. To'pni Suhrob Nurulloev boshi bilan Norchaevga tashlab berdi. Norchaev bitta zarba bilan uchinchi golni urdi. 

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. CHap qanotdan tashkil qilingan hujum gol bilan yakunlandi. SHerzod Nasrullaevning ajoyib uzatmasidan so'ng Husayn Norchaev darvozani ishg'ol qildi. Norchaev baribir o'z imkoniyatidan foydalandi. Nasrullaevga tasanno.  

10. ZARBAAAAAAAAA. UXXXXXXXXXX. Husayn Norchaev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilishi mumkin edi. SHerzod Nasrullaevning chap qanotdan uzatgan to'pidan so'ng Norchaev yaqin masofadan zarba yo'llashda adashdi. 

4. UXXXXXXXXXXXXXXX. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Ikkinchi burchak zarbasidan so'ng to'p raqib futbolchisiga tegib darvrzadan o'rin oldi. Tezkor gol Suhrob Nurulloevga yozildi. 

3. ZARBAAAAAAAAAA. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pdan so'ng Marko Stanoevich zarba yo'lladi. 

2. OGOHLANTIRISH. "Mohun Bagan", Pritam Kotalga sariq kartochka ko'rsatildi. 

1. Husayn Norchaev bir o'zi raqib himoyasini yorib kirishga urinib ko'rdi. Yakunda yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. Raqib himoyachilari ham qarshilik ko'rsatgandi. 


O'yin boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

 - Uchrashuv 20:00da boshlanadi

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика