So’nggi yangiliklar

17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  0 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  0 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  4 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  4 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  4 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  9 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0

OFK kubogi finali haqida Yangiliklar

OFK kubogi finali haqida

Teglar :  OFK Kubogi
O'tgan haftada OFK Kubogida 2015 yilgi mavsum g'olibi nomi malum bo'ldi.


“ISTIQLOL” (Tojikiston) – “JOHOR DORUL TAZIM” (Malayziya) – 0:1 (0:1)

31 oktyabr. Dushanbe. “Respublika Markaziy” stadioni. 18000 tomoshabin.

Hakamlar: Tojo Minoru, Nagi Toshiyuki, Ochi SHinji (Yaponiya).

“Istiqlol”: Nikola Stoshich, Jahongir Jalilov, Petro Kovalchuk, Mahdi CHahjui, Nuriddin Davronov, Xurshid Mahmudov (Parviz Umarboev, 73), Fathullo Fathulloev, Siyovush Asrorov, Bleda Rodrigez (Axtam Nazarov, 86), Dilshod Vosiev, Manuchehr Jalilov.

“Johor Darul”: Farizal Marlias, Markos Antonio, Muhammad Zafuan, Kunanlan Subramaniam, Muhammad Mazlan, Rahim SHafiq, Xariss Xarun, Jasazrin Jamoludin, Leandro Velaskez (Gari Stiven, 86), Mohd SHafi (Mahalli Jasuli, 60), Lusiano Figeroa.

Gol: Leandro Velaskez, 23 – 0:1.

Ogohlantirishlar: Leandro Velaskez, 51. Mohd SHafi, 53. Farizal Marlias, 54. Siyovush Asrorov, 77. Gari Stiven, 90+5.


Ilk bor g'olib jamoa Arab yoki Markaziy Osiyo jamoalaridan biri bo'lmadi. Dushanbening “Istiqlol” jamoasida bu ananani davom ettirish imkoniyati yuzaga kelgandi, ammo Mubin Ergashev shogirdlari uyda o'tgan finalda kutilmaganda imkoniyatni boy berishdi. Aslida tojikistonliklar finalgacha raqibga nisbatan qiyinroq yo'lni bosib o'tishgandi. Yarim finalda har ikki klub Quvayt jamoalariga birinchi uchrashuvda yutqazgandi, lekin Quvaytning FIFAdan diskvalifikaciya qilingani tufayli ular finalda o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

Final kuni Dushanbe shahrida deyarli bayramona holat kuzatildi. Muxlislar poytaxtdagi stadionni deyarli to'ldirishdi. Dastlabki daqiqalardan “Istiqlol” tashabbusni qo'lga oldi. Birinchi 10 daqiqaning o'zida ikki bor hisobni ochish uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Manuchehr Jalilov har ikki vaziyatda gol ura olmadi. Birinchi holatda to'pni himoyachi darvoza chizig'idan qaytarib yubordi, keyin hujumchi noaniq zarba berdi. Ustunlik mezbonlar tarafiga o'tgan bir paytda “Johor Darul” burchak zarbasidan keyin hisobni ochdi. Jarima maydonida to'pni egallab olgan Levandro Velaskez aniq zarba berdi va jamoasini oldinga olib chiqdi – 0:1.

SHundan so'ng o'yin oxirigacha tashabbus maydon egalari tarafida bo'ldi. Ular ko'p marta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi, biroq darvozaga aniq zarba beradigan futbolchi topilmadi. O'yin mobaynida “Istiqlol” urgan 3 gol o'yindan tashqari holat sababli inobatga olinmadi. Ulardan birida hakamlar noto'g'ri qaror qabul qilgandek ko'rindi. Lekin ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 6 daqiqa ichida ham hisob o'zgarmadi. “Istiqlol” kuchliroq o'ynagan bo'lishiga qaramay, finalda imkoniyatni boy berdi. Malayziyaning “Johor Darul” klubi SHarqiy mintaqada OFK Kubogini birinchi marta yutgan jamoaga aylandi. Biroq bu jamoa o'yin saviyasi juda pastligi ko'zga tashlandi. Ushbu jamoa bizning oliy ligada autsayderlar qatorida yurishi aniq.

Bizningcha, OFK Kubogi saviyasini o'stirish uchun CHempionlar ligasida qatnashayotgan mamlakatlar vakillariga ham o'rin berish kerak. Xuddi Evropa ligasi singari. CHunki OCHLda qatnasha olmayotgan Quvayt, Iordaniya va Iroq klublari saviyasi qolganlarnikidan ancha baland. Bu yil ham chetlatish bo'lmaganda Quvaytning ikki jamoasi finalda to'qnash kelgan bo'lardi. Agar OCHLda ishtirok etayotgan reytingi baland mamlakatlar jamoalari unda qatnashsa, musobaqa saviyasi va unga bo'lgan qiziqish ortgan bo'lardi. Bu yil musobaqa g'olibi bo'lgan “Johor Darul” 350 ming, “Istiqlol” 250 ming AQSH dollariga teng summani OFKdan mukofot puli sifatila qabul qilib oladi.

Joriy mavsum OFK Kubogida jami 123 uchrashuv o'tkazildi. Unda darvozalarga jami 340 to'p kiritildi, o'rtacha 2,76tadan. Uchrashuvlarni jami 514305 nafar ishqiboz kuzatdi. Bir bellashuvga o'rtacha 4181 nafardan muxlis to'g'ri keldi. Albatta, bu raqam juda yuqori emas. Bazi davlatlarda futbol ommaviy emas, yana bazi klublar siyosiy muammolar sababli uy uchrashuvlarini boshqa mamlakatlarda o'tkazmoqda.

Guruh bosqichidan hisoblaganda to'purarlik 8tadan gol urgan “Saut CHayna” hujumchisi avstraliyalik Daniel Makbrin va “Aeyavadi Yunayted” (Myanma)ning makedoniyalik o'yinchisi Riste Naumovga nasib etdi. 2015 yilgi mavsumning eng foydali futbolchisi sifatida “Johor Darul” sardori Rahim SHafiq topildi. U mavsum davomida jamoasiga eng ko'p yordam bergan o'yinchi deb etirof etildi. Musobaqa davomida (saralash bosqichi qo'shilganda) Gonkongning “Kitchi” klubi hujumchisi Xuan Belonkoso to'purarga aylandi. Ispaniyalik futbolchi 11 golga mualliflik qildi.

2004 yildan beri o'tkazib kelinayotgan OFK Kubogida g'olib chiqqan jamoalar bilan tanishing.

2004  “Al Jaish” (Suriya)

2005  “Al Faysali” (Iordaniya)

2006  “Al Faysali” (Iordaniya)

2007  “SHabab Ordun” (Iordaniya)

2008  “Muharraq” (Bahrayn)

2009  “Al Quvayt” (Quvayt)

2010  “Al Ittihod” (Suriya)

2011  “Nasaf” (O'zbekiston)

2012  “Al Quvayt” (Quvayt)

2013  “Al Quvayt” (Quvayt)

2014  “Al Qodisiya” (Quvayt)

2015  “Johor Darul” (Malayziya)

OFK Kubogi ishtirokchilari ro'yxatida 2016 yil o'zgarish bo'lmasligi belgilangan. Biroq ishtirokchilarning unda qatnashishdan bosh tortishlari sababli kutilmagan holat yuzaga kelish ehtimoli ham yo'q emas.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика