OFK kubogi. SSKA – "So'g'diyona" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2022, 09:15
Musobaqaning 2-turida “So'g'diyona” 3:2 hisobida SSKAni dog'da qoldirdi va keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi.

Dublga erishgan Shoxruz Norxonov esa bahsning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi. U bahsda hisobni ochdi va g'alaba goli muallifiga ham aylandi.

Eslatib o'tamiz, jizzaxliklar guruhdagi oxirgi uchrashuvini 30 iyunda “Oltin Asr” (Turkmaniston)ga qarshi (19:00 da bosh.) o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia