So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  18 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3

OFK kubogi besh mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladi Yangiliklar

OFK kubogi besh mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladi

Teglar :  OFK kubogi
Kelasi yildan OFK Kubogi endi ikki emas, balki besh mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladi. Oldin jamoalar SHarqiy va G'arbiy mintaqaga ajratilardi.

Yangi formatda esa mintaqalar soni beshtani tashkil qiladi: G'arbiy, SHarqiy, ASEAN, Markaziy va Janubiy Osiyo. Ishtirokchi mamlakatlar doimgidek OFK reytingidagi ballari asosida yuritiladi. CHempionlar ligasi guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega mamlakat vakillari OFK Kubogida qatnashishmaydi. Dastlab besh mintaqaga azo davlatlar bilan tanishing:

G'arbiy mintaqa: Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Ummon, Falastin, Suriya, Yaman, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni.
Markaziy mintaqa: O'zbekiston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston.
Janubiy mintaqa: Bangladesh, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, SHri-Lanka, Butan.
ASEAN: Avstraliya, Bruney, Kambodiya, Indoneziya, Laos, Myanma, Filippin, Singapur, Tailand, Timor Leste, Vetnam.
SHarqiy mintaqa: Xitoy, Guam, Gonkong, Yaponiya, KXDR, Koreya, Makao, Mo'g'uliston, SHimoliy Mariana orollari, Xitoy Taypeyi.


Mintaqalar borasida tushunchaga ega bo'lishingiz uchun ularni to'liq keltirib o'tdik. OFK Kubogida gegemonlik qilib qilayotgan G'arbiy mintaqa musobaqaning finaliga bir yo'llanma sohibi bo'ladi. Bu hududda guruh bahslarini 12 jamoa 3 guruhda boshlaydi. Yakunda guruh g'oliblari va ikkinchi o'rinlar orasida eng yaxshi natija sohibi yarim finalga yo'llanma oladi. Yarim final va hal qiluvchi uchrashuvlardan so'ng mintaqa g'olibi OFK Kubogi finalida o'ynash imkonini qo'lga kiritadi.

Qolgan 4 mintaqa esa finalga ikkinchi yo'llanma uchun kurash olib boradi. SHarqiy, ASEAN, Markaziy va Janubiy hududdan eng kuchli klub finalda o'ynaydi. SHulardan Markaziy, Janubiy va SHarqiy Osiyoda guruh bahslarida 4tadan jamoa ishtirok etadi. G'oliblar esa chorak final yo'llanmasi sohibiga aylanishadi. Markaziy Osiyo misolida tizimni tushuntirib o'tamiz.

  • Tan olish kerak, ushbu turnirda ishtirok etayotgan jamoalar orasida mablag' taraflama muammoga duch keladiganlari yoki ortiqcha imkoniyatga ega emaslari ko'p topiladi

Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'oniston musobaqada ishtirok etish huquqiga ega. Dastlab uch mamlakat guruh bahslariga bittadan yo'llanma egasi sanaladi. Istiqlol (Tojikiston), Oltin Asr (Turkmaniston) va Oloy (Qirg'iziston) guruh bahslariga yo'llanma olib bo'lgan. 4-jamoa nomi pley-off bosqichida aniqlanadi. Pley-offda Tojikistonning Hosilot klubi Afg'oniston chempioni SHahin Asmaye jamoasi bilan to'qnash kelsa, ikkinchi juftlikda Bolqon (Turkmaniston)  Dordoy (Qirg'iziston) kuch sinashadi. G'oliblar esa guruh bahslariga oxirgi yo'llanma nomini aniqlab berishadi. Uchrashuvlar uy-safar tizimida o'tishi rejalashtirilgan. Guruhdagi 4 jamoa ham uy-safar tizimida o'ynaydi. G'olib esa chorak final sohibi hisoblanadi. Janubiy va SHarqiy Osiyoda ham bittadan guruh bosqichi o'tkaziladi. G'oliblar 4 mintaqa ishtirokidagi chorak final ishtirokchilari nomini qo'lga kiritishadi.


ASEAN mintaqasida esa xuddi G'arbiy Osiyoda bo'lgani singari guruh bosqichida 3 guruhda bahslar bo'lib o'tadi. Birinchi o'rinlar va eng yaxshi ikkinchi pog'ona egasi mintaqaning yarim finaliga chiqadi. Hal qiluvchi bellashuvlardan so'ng g'olib klub Markaziy, SHarqiy va Janubiy mintaqa peshqadamlariga qatoriga qo'shiladi. Qura asosida ular juftliklarga ajratilib, pley-off bahslarida ishtirok etishadi. G'oliblar esa OFK Kubogi finaliga beriladigan yo'llanma egasini aniqlash uchun uchrashuvlarda maydonga tushishadi. G'olib jamoa yakunda OFK Kubogi final bahsida G'arbiy mintaqada zafar quchgan klubga qarshi bahs olib boradi. Musobaqa finali bir o'yindan iborat bo'lishi belgilab qo'yilgan.

OFKning bu qarorni qabul qilishiga bir necha sabab borligini taxmin qilish mumkin. Birinchidan, bevosita guruh bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar soni 4taga ko'paydi. Bu esa o'yinlar soni ko'payishini taminlaydi. Qolaversa, pulni tejash taraflama jamoalarga ancha qulaylik yaratildi. Hududan bir-biriga yaqin joylashgan jamoalar safar uchun katta pul sarflashmaydi. Tan olish kerak, ushbu turnirda ishtirok etayotgan jamoalar orasida mablag' taraflama muammoga duch keladiganlari yoki ortiqcha imkoniyatga ega emaslari ko'p topiladi. To'g'ri, musobaqa formati oddiy ishqibozlar uchun birinchi qarashda tushunarsiz ko'rinishga ega bo'lib qoldi, ammo bu tez orada barham topadigan holat. Turnir start olgach, uni kuzatib borish jarayonida ishqibozlar uni yaxshi tushunib olishadi.

Kelajakda OFK musobaqada ishtirok etadigan mamlakatlar sonini ham oshirib qolar, balki. SHunda UEFAning Evropa Ligasi kabi turnirga ega bo'lardik. OCHLda qatnasha olmaydigan klublar uchun OFK Kubogi intriga uyg'ota olsa kerak. CHunki musobaqada g'olib chiqqan jamoa 1,5 million AQSH dollari miqdorida mukofotga ega bo'ladi.

OFK Kubogi ishtirokchilari ro'yxatida o'zgarishlar ro'y berdi. KXDR klublari 1991 yildan beri ilk marta qita miqyosidagi musobaqalarga qaytishdi. Bruney, Guam, Indoneziya, Quvayt, Makao, Nepal, Pokiston, Timor-Leste va Yaman klublari turnirda qatnashmaydigan bo'ldi. Bangladesh esa bir yo'llanmadan foydalandi. Kambodiyaga Sport Arbitraj Sudi qaroriga ko'ra, bir o'rin qaytarildi. Bu mamlakat klublaridan biri kelishilgan o'yinlarda qatnashishda ayblangandi, ammo sud jarayonida klub g'olib chiqdi.

OFK Kubogida guruh qatnashchilari to'liq aniqlanmagan. Saralash bosqichidan tashqari CHempionlar ligasi saralashida ishtirok etayotgan jamoalar o'sha musobaqa guruh raundiga yo'l olgan taqdirda ularning o'rniga o'sha mamlakatning boshqa klubi turnirga taklif etiladi. Ularni almashtirishi mumkin jamoa sifatida har bir guruhdan keyin qayd etib o'tdik. Almashtirish faqat o'sha mamlakat klubi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, biroq Bahrayndan birgina Al Hiddga licenziya berilgan. Mabodo ushbu jamoa OCHL guruh bahslariga yo'l olsa, unda A guruhida Hiddning o'rnini qaysi klub to'ldirishi hozircha noaniq bo'lib turibdi.


Kecha OFK kubogi guruh bosqichiga qura tashlandi. Markaziy Osiyoning qaysi klublari guruh bosqichida o'ynaydi? Quyidagi havolada javob tayyor:


Saytimizning facebook'dagi sahifasini kuzatib boring - facebook.com/championat.asia/



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика