So’nggi yangiliklar

22:01АПЛ. "Ман Сити" ва "Тоттенхэм"да ғалаба, "Челси"да эса дуранг  24 21:52"Лидс" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  3 21:49"Бетис" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 21:46Бундеслига. "Бавария"дан 5:0, "Байер" эса меҳмонда мағлубиятга учради  0 21:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Коняспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 21:15"Интер" — "Комо". Таркиблар маълум  2 21:02"Башакшехир" — "Фенербахче". Таркиблар маълум  15 20:00Ўзбекистон U-21 га Иордания ва Қатарга қарши ўйинлар учун кимлар чақирилди?  3 19:28АПЛ. "Астон Вилла" 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Арсенал"ни мағлуб этди ва жадвалда иккинчи ўринга кўтарилиб олди  35 17:49"Нефтчи" янги мавсум олдидан Ислом Исмоилов иштирокида матбуот анжумани ўтказди  18 17:30Достон Турсуновнинг ягона голи жамоасига ғалаба келтирди   1 17:04Лига ишчи гуруҳи Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони билан ишлашда давом этмоқда  2 17:03Эшитдик-да! "Қўқон-1912" бош мураббийи Баҳром Ҳайдаров клубда қолмоқчи эмас  3 16:54“Бунёдкор” Кривокапич билан шартномани икки йилга узайтирди  1 15:55"Барселона" туман туфайли "Бетис" билан ўйинга ўз вақтида учиб кетолмади  5

OFK kubogi-2021. "Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjaev: "Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida hozir gapira olmayman" Yangiliklar

OFK kubogi-2021. "Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjaev: "Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida hozir gapira olmayman"

OFK kubogi 2-turidan o'rin olgan "Xo'jand" - "Nasaf" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Tojikiston klubi bosh murabbiyi Rustam Xodjaev va futbolchi Dilshod Bozorov ishtirok etdi.

"O'yindan oldin nima deyish mumkin? Ertangi raqibimiz "Nasaf" - "tajribali jangchi"lardan biri. O'zbekiston chempionati Markaziy Osiyoda etakchilardan biri. SHu bois raqib juda yaxshi tayyorlangan, raqib o'z vazifalariga ega, ammo biz ham o'z maqsadlarimizga egamiz. Ertaga ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.

Hozir o'ylashimcha futbolda hech qanday sirlar yo'q. Raqiblar bir-birini o'rganadi. Bizda hech qanday sir yo'q. O'yinlarga tayyorgarlik jarayonida raqiblarni o'rgandik. To'g'ri "Nasaf" birinchi turda 4:0 hisobida g'alaba qozondi, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Ertaga o'z o'yinimizni namoyish etishimiz kerak, natija aynan ertangi bahsdagi harakatlarga qarab bo'ladi.

Ko'pchilik 1-turda 9 kishiga qarshi o'ynadinglar demoqda. Ammo ikkinchi qizil kartochka 84-daqiqada ko'rsatildi, futbolchi maydonni tark etguncha 89-daqiqa bo'ldi. Biz zarba berdik va 90-daqiqa bo'ldi. Hakam qo'shimcha daqiqalar qo'shib berdi va raqib 5 daqiqa davomida 9 kishi bo'lib o'ynadi xolos. Birinchi taymdagi qizil kartochkadan keyin raqib ikki karra kuch bilan o'ynadi. Biz birinchi taymning o'zida ikkita gol ura oldik va oldinga chiqib oldik. Taym oxiridagi gol barchasini barbod qildi. Ikkinchi taymga "Oltin Asr" o'z rejasi bilan tushdi va natijaga erishdi. Biz hujumga o'tdik, ammo bor kuchimiz bilan oldinga o'tsak raqib qarshi hujumda bizni jazolashi mumkin edi. Bu so'nggi, hal qiluvchi bahs emasdi. Yuta olmaganimiz albatta bizning aybimiz. Ammo hozircha bu hech narsani anglatmaydi.


 


Birinchi taymda biz ikkita gol urdik, agar himoyada yaxshi o'ynasangiz ikkita gol g'alaba uchun etarli bo'ladi. Biz futbolchilarning holatini o'rganamiz, tarkib borasida hech nima deya olmayman. O'yingacha bir sutka vaqt bor. Kim bahsga ko'proq tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi.

Ilk turda hujumkor o'ynadinglar deyishmoqda. Raqib bunga imkon berdi va shunday o'ynadik. Raqibga qarab o'ynaymiz. "Oltin Asr" jamoasining 70-80 foizi Turkmaniston milliy terma jamoasi azolari hisoblanadi. Bizdan faqat bir futbolchi Tojikiston terma jamoasiga chaqiriladi. Raqib holatini o'rgangandik, butun o'yin davomida hujum qilishni rejalashtirmagandik. Ertangi bahsga ham raqibdan kelib chiqib o'yin namoyish etamiz. "Nasaf" bilan o'yinda qanday taktikada o'ynashimizni ertaga bilib olasizlar.

"Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida hozir gapira olmayman. Buni ertaga ko'rasizlar. To'g'ri raqibning o'z o'yin uslubi bor, jamoa yaxshi va qizikarli o'yin namoyish etadi. Ularga qarshi qanday o'ynashimizni ertaga ko'rasizlar", - deydi Rustam Xodjaev.

"Ertangi bahsdagi vazifamiz - maydonga tushish va g'alaba qozonish. Bizda boshqa yo'l yo'q, sababi birinchi turda durang o'ynadik. SHu bois ertaga bor kuchimiz bilan o'ynashimiz va g'alaba qozonishimiz shart", - deydi Dilshod Bozorov.


 

 

Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston


FK Khujand

AFC Cup Grp. F . 2-tur

17/05/2021, 22:05

3
:
0
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика