So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  0 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  5 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

OFK Kubogi-2021. SHamol, to'plar bilan nishonga olingan Bozorov. "Nasaf"ning quvnoq mashg'ulotidan GALEREYA Yangiliklar

OFK Kubogi-2021. SHamol, to'plar bilan nishonga olingan Bozorov. "Nasaf"ning quvnoq mashg'ulotidan GALEREYA

Xabaringiz bor, "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi-2021 1-turi doirasida Qirg'izistonning "Oloy" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Kecha jamoa tiklanuvchi mashg'ulotni o'tkazdi. Kunduz kuni bir kun oldin asosiy tarkibda tushmagan o'yinchilar trenajer zalida shug'ullanishdi. Kechqurungi maydonda o'tadigan mashg'ulot esa soat 20:00da boshlandi. Qizig'i, futbolchilar maydonga tushib kelgan zahoti kuchli shamol boshlandi. Bir zumda qum va tuproq zarralari osmonga ko'tarildi, tribunalarda bir kun oldingi o'yindan qolgan qog'oz bo'laklari va paketlar "uchishni" boshladi.

Bugungi mashg'ulot tiklanish uchun o'tkazildi va unda o'yinchilar avval butun maydonni bir necha bor aylanib yugurib chiqishdi. Keyin esa "Oloy" qarshi asosiy tarkibda tushmaganlar alohida Ro'ziqul Berdiev boshchiligida to'p bilan shug'ullanishgan bo'lsa, bir kun oldin boshlang'ich tarkibda bo'lganlar (darvozabon Abduvohid Nematov ham) Ilnur Sibagatullin boshchiligida mushaklarni "cho'zish" bilan shug'ullanishdi va o'zaro "kvadrat" o'ynashdi. Bunda o'rtaga ikkita o'yinchi tushdi va to'p ham ikkita bo'ldi. SHuni qo'shimcha qilib ketmoqchiman, ana shu jarayonda Akmal Mozgovoy Marko Stanoevichning, Umar Eshmurodov esa Oybek Bozorovning "ochkosidan oldi" (to'pni oyoqlari orasidan o'tkazdi). Ayniqsa, Bozorov "eb qo'yganidan" keyin uni to'plar bilan nishonga olishdi. Xullas, juda ham pozitiv va quvnoq kayfiyatda o'tgan "Nasaf" mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov, Dushanbedan maxsus




Juda ham pozitiv va quvnoq kayfiyatda o'tgan "Nasaf" mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика