So’nggi yangiliklar

23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  0 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0

OFK kubogi-2021. No'monjon Yusupov: "Tunislik futbolchining bu harakati jazosiz qolmaydi" Yangiliklar

OFK kubogi-2021. No'monjon Yusupov: "Tunislik futbolchining bu harakati jazosiz qolmaydi"

OFK kubogi 2-turidan o'rin olgan "Oloy" - "Oltin Asr" (4:5) uchrashuvidan keyin Qirg'iziston klubi bosh murabbiyi No'monjon Yusupov matbuot anjumanida qatnashdi.

Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, tarkibda o'zgarishlar qildik. Hujumkor o'ynashni maqsad qilgandik. Biroq ilk daqiqada darvozabonimizning xatosidan keyin avtogol bo'ldi, yigitlar o'zlariga kelib hisobni tenglashtirdik. Taym so'nggida va ikkinchi taym boshida himoyadagi xatolar tufayli ketma-ket gollar o'tkazdik. Bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirdik va o'yinimizda tezlik paydo bo'ldi. Hisobni 1:4dan 4:4 qila oldik, afsuski so'nggi daqiqada himoyadan hujumga o'tishda to'pni yo'qotdik va penaltidan gol o'tkazib yubordik.

Futbolchilarning tajribasi etishmayapti, qaerdadir o'yinni boshqarish kerak edi. Hech qisi yo'q, mana shunday o'yinlar orqali yigitlarimiz tajriba to'plashadi. Bu kelajakda as qotadi.

Birinchi golda darvozabonimizning xatosi bo'ldi, ikkinchi golda esa uning aybi yo'q edi menimcha. Oybek Abdug'afforov va Tijani Belaid raqamli futbolchilarimizda harakat kam edi. Balki o'zgarishlarni kechiktirgandirmiz. Mana shunday o'yinlar orqali kimning mahorat qanday darajada ekani ko'rinadi. Bunday xatolar Qirg'iziston chempionatida balki kechirilar, ammo xalqaro musobaqada kechirilmaydi.

Tunislik Tijani Belaid almashtirilganidan keyin o'zini juda yomon tutdi. Bu harakati uchun klubimiz tomonidan keskin jazoga tortilishi aniq. Futbolchi murabbiylar shtabiga nisbatan hurmatsizlik qilmasligi shart. SHunchaki u o'yinni tark etganida hisob qanday ediyu, u maydonni tark etgach hisob qanday bo'lganini futbolchining o'ziga eslataman", - deydi No'monjon Yusupov.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика