OFK Kubogi-2021. "Nasaf" va "Xo'jand" bugun qaysi liboslarda o'ynashi malum
17 may 2021 11:18
Yangiliklar
OFK Kubogi-2021. "Nasaf" va "Xo'jand" bugun qaysi liboslarda o'ynashi malum
Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbeda OFK Kubogi-2021 "F" guruhi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun 2-tur bellashuvlari o'tkaziladi. Qarshining "Nasaf" jamoasi mezbon mamlakat sharafini himoya qilayotgan "Xo'jand"ga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi o'yinni tomonlar qanday rangdagi liboslarda o'tkazishlari malum bo'ldi. Unga ko'ra, bugun rasmiy mezbon hisoblangan "Xo'jand" to'liq qizil (forma, short, gedra), darvozaboni esa to'liq yashil rangli formada bo'ladi.

"Nasaf" o'yinchilari esa to'liq to'q ko'k (xuddi 1-turdagi kabi) rangli libosda, "ajdarlar" kiperi esa to'liq sariq rangli formada maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Xo'jand" - "Nasaf" bahsi bugun soat 21:05da start oladi. O'yin Dushanbedagi "Respublika markaziy stadioni"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar