OFK kubogi-2021. "Nasaf" Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga chiqadimi yoki Turkmaniston derbisini ko'ramizmi?
18 may 2021 12:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637865_original.jpg)
![](/upload/storage/637865_220.jpg)
OFK kubogi-2021. "Nasaf" Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga chiqadimi yoki Turkmaniston derbisini ko'ramizmi?
Markaziy Osiyo mintaqasida OFK kubogi guruh bosqichi davom etmoqda.
"E" guruhida Turkmanistonning "Ahal" klubi ikkala o'yinda ham g'alabaga erishdi va guruhda birinchi o'rinni oldi. Endi "Ahal" Markaziy Osiyo mintaqasi finalida "F" guruhi g'olibi bilan o'ynaydi.
"F" guruhida so'nggi tur o'yinlari 20 may kuni bo'lib o'tadi va guruh g'olibi "Oltin Asr" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin aniqlanadi. Turkmaniston klubi 1-o'rinni olishi uchun g'alaba qozonishi shart, "Nasaf"ni esa kamida durang finalga olib chiqadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida final o'yinlari uy-safar tizimida tashkil etiladi. O'yinlar 11 va 25 avgust kunlari bo'lib o'tadi. O'yinlar ketma-ketligi qura orqali aniqlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar