OFK kubogi-2016. Bugun final
05 noy 2016 11:00
Yangiliklar
OFK kubogi-2016. Bugun final
Qatar poytaxti Doxa shahridagi "Suhaym Bin Hamad" stadionida Iroqning "Al Quva Al Javiya" hamda Hindistonning "Bengaluru" klublari OFK kubogi sohibini aniqlash uchun kurash olib borishadi.
Ikkala klub ham o'z tarixida ilk bor ushbu musobaqaning finaliga chiqishdi. Iroq klublari ikki marta OFK kubogi finaliga chiqib ikkalasida ham mag'lub bo'lishgan. Hindiston klublari esa bunga qadar OFK kubogi finalida umuman o'ynashmagan.
"Bengaluru" klubini ispaniyalik Albert Roka boshqarmoqda. Ushbu murabbiy futbolchilik faoliyatida "Saragosa" safida o'yinlari bilan tanilgan. Murabbiylik faoliyati davomida esa "Barselona", "galatasaroy" va Saudiya Arabistoni terma jamoasida Frank Raykaardning yordamchisi bo'lib ishlagan. Bundan tashqari El Salvador terma jamoasida bosh murabbiy bo'lgan.
"Bengaluru" safida Xuanan, Alvaro Rubio (ikkalasi Ispaniya), Jon Jonson (Angliya), Kameron Uotson (Avstraliya) kabi legionerlar o'ynaydi.
"Al Quva Al Javiya" klubi bosh murabbiyi sifatida Samir Kadim Hassan ishlamoqda. U Iroq terma jamoasi sobiq futbolchisi hisoblanadi. Klub safida Humam tariq, Hammadi Ahmad, Akvetiy mensa, Hamid Mido kabi mashhur futbolchilar o'ynashadi. Hammadi Ahmad bu yilgi OFK kubogi musobaqasida 15ta gol urib to'purarlar orasida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Uning eng yaqin taqibchisi hisobida 8ta gol mavjud.
Hal qiluvchi o'yinni janubiy koreyalik Kim Jong Xyok boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
"Al Quva Al Javiya" (Iroq) - "Bengaluru" (Hindiston)
5 noyabr 2016. Doxa. "Suhayim Bin Hamad" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya)
Fikrlar