OFK klublar reytingida “Bunyodkor” etakchilar qatorida
19 dek 2014 11:07
Yangiliklar

OFK klublar reytingida “Bunyodkor” etakchilar qatorida
Osiyo futbol konfederaciyasi qita klublarining xalqaro maydondagi ishtirokiga oid yangi reyting joriy qildi.
OFK klublar reytinggi jamoalarning so'nggi to'rt yillik xalqaro musobaqalardagi natijalariga qarab tuzib chiqilgan. Unga ko'ra, Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi umumiy reytingning 9-pog'onasini band etgan. Bu degani, o'zbek klublari orasida “Bunyodkor” yaqqol peshqadamlik qilmoqda. 147ta klub joy olgan reytingda “Bunyodkor”dan tashqari mamlakatimizning yana beshta klubi joy olgan: “Paxtakor” (52), “Nasaf” (53), “Lokomotiv” (61), “SHo'rtan” (81), “Neftchi” (84).
Umumiy reytingni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi boshqarib bormoqda. Janubiy Koreyaning “Seul” FK 2-o'rinni band etib turgan bo'lsa, kuchli uchlikni “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) yakunlagan.
“Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibi – BAAning “AlJazira” jamoasi reytingda 15-pog'onani egallab turibdi.
OFK klublar reytingining to'liq jadvali bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

Fikrlar