So’nggi yangiliklar

18:11Англия Суперкубоги баҳси учун таркиблар эълон қилинди  0 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  2 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  9 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  3 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  2 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  5 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  2 13:26"Манчестер Сити"га "Бавария" футболчиси керак  1 12:59Гвардиола "Ман Сити"да қайси чизиқни кучайтириш кераклигини айтди  5 12:39"Ювентус" 15 млн. еврога Шуталони сотиб олиши мумкин  1 11:01Уэйн Руни Англия терма жамоаси бош мураббийи ким бўлиши кераклигини айтди  5 10:41ESPN АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши футболчиларини аниқлади. Холанд 2-ўринда, Палмер эса 14  2

OFK kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish uchun SPORTRADAR bilan yangi shartnoma imzoladi Yangiliklar

OFK kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish uchun SPORTRADAR bilan yangi shartnoma imzoladi

Teglar :  OFK
Osiyo futbol konfederaciyasi qitada kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashni kuchaytirish uchun SPORTRADAR bilan kengaytirilgan shartnoma tuzdi.

Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti malum qildi.

"Kelajak avlod uchun sportni himoya qilish kerak. Biz bu shartnoma bilan cheklanib qolmaymiz.  Osiyo futbolini, qitadagi har bir mamlakat futbolini himoya qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Sportradar bu yo'lda biz bilan hamkorlik qiladi" - deydi OFK prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim Al Halifa.

OFK va firibgarlikka va kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'yicha jahonda etakchi bo'lgan Sportradar o'rtasidagi shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi. Ikki tashkilot o'rtasidagi hamkorlik 2013 yilda boshlangan va OFK uchun ishlab chiqilgan maxsus monitoring tizimi yordamida Osiyoda har yili 4500 mindan ortiq uchrashuvlar tekshirib boriladi. Bundan tashqari qita va mintaqaviy mashhur turnirlar ham tizim yordamida nazorat qilinib boriladi.

SHu bilan birga, Sportradar OFK uchun maxsus mobil ilova (programma) ishlab chiqaryapti. Ilovaning vazifasi axborot berishdir va kelishilgan o'yinlarni xabar qilishda ishlatiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика