OFK futbol federaciyalarining yangi reytingini elon qildi
10 avg 2015 21:50
Yangiliklar


OFK futbol federaciyalarining yangi reytingini elon qildi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi ushbu reytingda 9-o'rinni egallab turibdi. O'zbekiston klublari 33.448 ochko jamg'argan bo'lsa, milliy terma jamoa 18.886 ochko yiqqan. SHu tariqa O'zbekistonning jami ochkolari soni 52.334tani tashkil qilmoqda.
Ushbu ro'yxatni Janubiy Koreya 88.354 ochko bilan boshqarib bormoqda. Ikkinchi o'rinda Saudiya Arabistoni bo'lsa, kuchli uchlikni Eron yakunlab bergan.
O'zbekistongacha bo'lgan keyingi o'rinlarda Yaponiya, BAA, Avstraliya, Xitoy va Qatar joy olgan. Kuchli o'ntalikni Quvayt yakunlab bermoqda.
Malumot uchun, ushbu reyting 2012 yilning 1 yanvaridan, 2015 yilning 6 avgustiga qadar klublar va terma jamoalar qayd etgan natijalarga ko'ra hisoblangan. Navbatdagi reyting shu yilning dekabr oyida elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar