So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  16 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

OFK Eronning ikki klubini 45 ming dollar jarimaga tortdi Yangiliklar

OFK Eronning ikki klubini 45 ming dollar jarimaga tortdi

OFK OCHL guruh bosqichi o'yinlaridan so'ng Eron klublariga nisbatan jazo qo'lladi.

Gap "Istiqlol" va "Persepolis" klublari haqida ketyapti. Har ikki klub bazi sabablarga ko'ra, umumiy miqdorda 45 ming dollar jarimaga tortildi.

Agar detallarga to'xtaladigan bo'lsak, "Istiqlol" bosh murabbiyi Farhod Majidi "Al Duhayl" bilan bahsdan so'ng matbuot anjumaniga kelmagani uchun 10 ming dollar to'laydigan bo'ldi. Bundan tashqari ushbu jamoa futbolchisi Vouria Gafur "Al SHorta"ga qarshi bahsdan so'ng salbiy fikrlarni bildirgani uchun u ham jarimaga tortildi.

OFK tartib intizom qo'mitasi "Persepolis" klubiga nisbatan 17,500 dollar jarima qo'lladi. CHunki ushbu klub Goada bo'lib o'tgan OCHL o'yinlari paytida o'z rasmiy sayti va video kanalida turli bo'lmag'ur narsalarni joyladi. Bundan tashqari, "Persepolis" qachon o'z maydonida o'ynaydigan bo'lsa, 1ta uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazadi. 

SHuningdek, ushbu klub futbolchisi Mehdi Torabiga nisbatan ham jarima solindi. CHunki u o'yindan keyingi matbuot anjumaniga 15 daqiqa ichida kelmagan, balki ancha kechikib kelgan va boshqalarni kuttirib qo'ygan. Har ikki klub jarimaga tortilgach, Eron FF tartib intizom qo'mitasi ham bu borada tegishli ishlarni olib borishi kerak bo'lyapti.

Bu o'rinda ichki chempionatga ko'p narsa bog'liq bo'lib qolyapti. CHunki Eron chempionatida o'yindan keyingi matbuot anjumanlariga murabbiy va futbolchilar xohlasa kiradi, xohlamasa yo'q. Bu o'rinda ko'p narsa natijaga bog'liq. Tartib qo'mitasi esa haliyam bu borada jiddiy qaror qabul qilgani yo'q.

Eronlik jurnalistlar fikricha, matbuot anjumaniga kirmaslik muxlislar, OAV va o'yin tashkilotchilariga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Bundan tashqari klublar rasmiy saytida istalgan narsani chiqarish aqlga to'g'ri kelmaydi. SHu bois futbol federaciya bu borada jiddiy chora ko'rishi kerak.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика