OFK Dohadagi yillik taqdirlash marosimini bekor qildi
19 iyu 2021 08:16
Yangiliklar


OFK Dohadagi yillik taqdirlash marosimini bekor qildi
Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) Ijroiya qo'mitasi Qatar futbol associaciyasi bilan kelishgan holda 2021 yil Dohada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan har yilgi taqdirlashi marosimi borasida qaror qabul qildi.
COVID hali ham dunyo va Osiyoda insonlarga jiddiy tasir ko'rsatmoqda. SHu sabab 2021 yilning noyabrida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan taqdirlash marosimini OFK Ijroiya qo'mitasi ketma-ket ikkinchi yili bekor qiladi. 2023 yilning yanvarida bo'lib o'tadigan 2022 yil uchun taqdirlash 2023 yilning yanvarida QFA (Qatar futbol associaciyasi) tashkilotchiligi ostida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar