So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

OFK bu malumotni birinchi marta oshkor qildi. Gap Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi haqida ketyapti Yangiliklar

OFK bu malumotni birinchi marta oshkor qildi. Gap Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi haqida ketyapti

2027 yil bo'lib o'tadigan qita birinchiligini o'tkazish uchun to'rtta davlat davogar hisoblanadi.

2023 yilgi Osiyo Kubogi Xitoyda bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. 2020 yilning fevral oyidan boshlab OFK Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Dastlab beshta davlat ariza berishga qaror qildi: Eron, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Qatar va O'zbekiston. 

Lekin bizga malum bo'lmagan sabablarga ko'ra, O'zbekiston o'z arizasini qaytarib oldi. Bu haqda OFK rasmiy sayti yozdi, biroq O'FA shu paytgacha hech narsa degani yo'q. Natijada davogar mamlakatlar to'rtta qoldi. 

OFK shu paytgacha qita birinchiligini qabul qilish borasida davogarlarni aytib kelgani bilan ularning dasturi bilan tanishtirmasdi. Yani, bu haqda malumotlar to'liq oshkor qilinmagan. Lekin bu safar Osiyo futboli tashkiloti qolgan to'rtta davlatning dasturini saytga joyladi.


O'zaro taqqoslaydigan bo'lsak, Hindiston taqdim etgan dastur 177 sahifadan, Eronniki 132, Qatarniki 397 va Saudiya Arabistoni topshirgan dastur 420 sahifadan iborat. SHuningdek, har bir davogar mamlakat Osiyo Kubogi-2027 uchun shior o'ylab topgan. Masalan, Hindiston "Birgalikda yorqin kelajak", Eron "Ko'rfazda birlashgan Osiyo", Qatar "Bayram qilayotgan Osiyo" va Saudiya Arabistoni "Osiyo uchun olg'a" kabi shiorlarni bosh mavzuga olib chiqqan. 

Bundan tashqari davogarlar o'yinlar o'tkaziladigan stadionlar va shaharlarni ham keltirib o'tgan. Xususan Hindiston 11ta shahar va 11ta stadionni taqdim etgan bo'lsa, Eron 9ta shahar va 11ta stadionni keltirgan. Qatar esa 20 km. radiusdagi 10ta stadionni ko'rsatib o'tgan. Saudiya Arabistoni 3ta shahardagi 10ta stadionni keltirgan. SHuningdek, Saudiya Arabistoni musobaqaga qadar Ar Riyodda 3ta, Dammamda bitta stadion qurib bitkazilishini malum qilgan.

 

Dasturda muxlislarni eng ko'p qiziqtiradigan chiptalar narxi ham keltirib o'tilgan. Agar 2027 yilgi Osiyo Kubogi Hindistonda o'tkazilsa chiptalar narxi 5,14dan 21,62 dollargacha bo'ladi. Eronda 5-80 dollar, Qatarda 10 dollardan 440 dollargacha va Saudiya Arabistonida 7dan 99 dollargacha narx belgilanadi, - bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida malum qildi

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика