So’nggi yangiliklar

20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  0 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  5 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1

OFK bo'lajak klassik to'qnashuvlar qatoriga O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsini ham qo'shdi Yangiliklar

OFK bo'lajak klassik to'qnashuvlar qatoriga O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsini ham qo'shdi

Xabaringiz bor, 5 sentyabrdan Osiyo uchun JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund o'yinlariga start beriladi.

OFK rasmiy sayti ikkinchi raundda bo'lib o'tadigan bazi uchrashuvlarga alohida ahamiyat qaratdi va kutilayotgan klassik to'qnashuvlar deb atadi. Mazkur bahslar orasida noyabr oyida bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni qarama-qarshiligi ham keltirilgan. 


5 sentyabr. Indoneziya - Malayziya 

Yosh qo'shnilar bahsi. Ushbu uchrashuvni stadionda 90 mingga yaqin muxlis kuzatib borishi kutilyapti. 


5 sentyabr. Tailand - Vetnam 

Oxirgi ikki-uch yil ichida Tailand bilan Vetnamda futbol ancha rivojlandi. Bu jamoalar endilikda Osiyo Kubogida ham o'zlarini ko'rsatishga harakat qilyapti. 


15 oktyabr. KXDR - Janubiy Koreya 

SHimoliy va Janubiy Koreya o'zaro o'ynaganda odamlar ishqilib siyosiy tus berilmasin-da degan hadik bilan kuzatishadi. Oxirgi marta bu ikki jamoa JCH-2010 saralash bosqichida o'zaro to'qnash kelgan va o'shanda har ikki uchrashuv durang bilan yakuniga etgandi.

  


14 noyabr. Iordaniya - Avstraliya 

Avstraliya terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019da Iordaniyaga imkoniyatni boy berdi. Endi bu jamoalar JCH saralash bosqichida ham o'z kuchlarini sinovdan o'tkazib olishadi.

 


14 noyabr. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 

14 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi bo'lib o'tadi. Har ikki jamoa yangi murabbiy qo'l ostida jahon chempionatiga chiqishga harakat qiladi. Qizig'i, ikkala mutaxassis ham Afrikada ishlagan va Afrika futbolini Osiyoga nisbatan birmuncha yaxshi biladi.

 


"Championat.asia"dan qo'shimcha: 

O'ziga xos derbilar orasiga 5 sentyabr kuni bo'ladigan Tojikiston - Qirg'iziston bahsini ham qo'shsak bo'ladi. CHunki bu ham klassik to'qnashuvlardan biri hisoblanadi. 

SHu kuni Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston o'z maydonida Osiyo Kubogida shov-shuv ko'targan Qirg'izistonni qabul qiladi. Bu o'yinni saytimizning ikki nafar xodimi bevosita stadionda yoritib borishi esa biz uchun o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика