OFK Baxtiyor Namozovga maxsus sovrin topshirdi

Xayrulla Xoliqov
10 yanv 2018, 16:13
Shu kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda futzal hakamlari ishtirokida seminar bo'lib o'tmoqda.

Bugun OFK rahbariyati hamyurtimiz Baxtiyor Namozovga maxsus sovrinni topshirdi. Ma'lumki, 43 yoshli hakam o'tgan yil o'tkazilgan plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati finalini boshqargan ilk osiyolik hakam bo'lgandi. Shu bois OFK uni taqdirlashni maqul ko'rdi.

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa hamyurtimiz haqida iliq fikrlarni bildirdi: "Biz osiyolik futbolchi va hakamlarni jahon arenalarida ko'rishni va ularning muvaffaqiyatini xohlaymiz. Baxtiyor Namozovning plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati o'yinlarini boshqarib kelgani bu Osiyo uchun katta yutuq. Endilikda boshqa hakamlardan ham shunday natijani kutib qolamiz".

Ma'lumot uchun, Baxtiyor Namozov musobaqa davomida Polsha - Braziliya, Portugaliya - Braziliya, Braziliya - Taiti o'yinlarini boshqarib bordi. 2009 yildan beri FIFA referisi hisoblangan Namozov bungacha shuningdek, 2015 yil o'tkazilgan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati o'yinlarida ham hakamlik qilgan. Xususan o'sha musobaqaning finalini (Ummon - Yaponiya bahsi) ham Baxtiyor Namozov boshqargan.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com