So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  0 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  4 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  6 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

O'FF yig'ilishida hakamlik darajasi chempionat uchrashuvlari saviyasidan ortda qolayotgani takidlandi Yangiliklar

O'FF yig'ilishida hakamlik darajasi chempionat uchrashuvlari saviyasidan ortda qolayotgani takidlandi

Teglar :  Yig'ilishFutzalO'FF
O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Federaciya masullari ishtirokida navbatdagi ishchi yig'ilishni o'tkazdi.

O'FF yig'ilishida terma jamoalarni kuchaytirish ustuvor yo'nalish sifatida belgilab berildi

Anjumanda Federaciyaning oetyabr–noyabr oylarida amalga oshirgan ishlari, shuningdek, noyabr oyining so'nggi haftasi va deeabr oyidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda milliy chempionat – Oliy liganing 4–5-turlari yuzasidan hisobot tinglandi. Chempionat davomida kuzatilgan bahsli va munozarali vaziyatlar batafsil muhokama qilindi. Xususan, ayrim jamoalarda tartib-intizom susaygani, murabbiylar, futbolchilar o'rtasidagi nizoli holatlar ko'zga tashlanayotgani, bunday muammoli vaziyatlar translyaciyalar orqali barcha muxlislar ko'z o'ngida sodir bo'layotgani tanqid qilindi. Shuningdek, hakamlik darajasi chempionat uchrashuvlari saviyasidan ortda qolayotgani takidlandi.

Federaciya masullari va tegishli komissiyalarga chempionat saviyasiga putur etkazayotgan, intizomni qo'pol tarzda buzayotgan jamoalar, o'yinchilarga nisbatan qatiy choralar ko'rish vazifasi yuklatildi. Avvalo, ogohlantirish, vaziyat barqarorlashmasa, musobaqadan chetlatish kabi keskin choralar ko'rishga tayyor turish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, O'zFHM bilan hamkorlikda chempionat uchrashuvlariga jalb etiladigan hakamlar va nazoratchilar bilan puxta ish olib borish, O'zMTRK va O'FF YouTube kanallaridagi jonli efirlarda mutaxassis, muxlis, oddiy tomoshabinlarda etirozlarga o'rin qoldirmaslik, adolat va shaffoflik mezonlariga qatiy amal qilish vazifasi topshirildi.

O'FF rahbari dekabr oyida start oladigan Birinchi liga musobaqasi yuzasidan ham malumot oldi. Hisobotga ko'ra, 8 ta jamoa mamlakat birinchiligida ishtirok etishga tayyor, hujjatlar topshirilishi esa yakuniy bosqichga kirgan. Bekzod Mamatqulov jamoalarning O'FF talablariga to'liq javob berishini qatiy nazorat qilish, qura tashlash jarayonini onlayn tarzda shaffof o'tkazish, turlar taqvimini ishlab chiqish va manzillarni belgilash bo'yicha masullarga aniq ko'rsatmalar berdi.

Yig'ilishda O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi final bosqichiga tayyorgarligi masalasi ham muhokama etildi. Bosh murabbiy Nodir Eliboevning hisoboti tinglandi. O'FF Tibbiyot departamentiga terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatini doimiy nazorat qilish, zarur tibbiy yordam ko'rsatish va murabbiylar shtabini xabardor qilib borish vazifasi yuklatildi. Osiyo Kubogi–2026 musobaqalari o'tkaziladigan qoplamaga mos inshootlarda – Buxoro va Andijon shaharlaridagi “Universal” sport majmualari hamda O'FA Terma jamoalar markazi sport zalida mashg'ulotlar va nazorat o'yinlarini o'tkazish tavsiya etildi.

O'FF prezidenti Yoshlar va O'smirlar terma jamoalarini shakllantirish masalasiga alohida to'xtalib o'tdi. 2029 yilgi Osiyo yoshlar o'yinlarining O'zbekistonga topshirilgani Federaciya zimmasiga ham katta masuliyat yuklashi takidlandi.

Bekzod Mamatqulov Yangi mavsumiga qadar murabbiylar shtabini aniqlash, 2013 yil va undan keyin tug'ilgan istedodlarni izlab topish, Yoshlar o'yinlariga bosqichma bosqich tayyorlab borish muhim ekanini takidladi. Shu maqsadda Portugaliya kabi futzali rivojlangan mamlakatlarda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etilishi rejasi borligini malum qilindi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Konstantin Sviridovga iqtidorli yoshlarni milliy terma jamoaga etkazib berish borasida yanada faol va fidoyi ishlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilish yakunida futzal mavsumi yakunlari bo'yicha o'tkaziladigan ananaviy “Futsal Awards–2025” tadbiriga tayyorgarlik hisoboti tinglandi. Tadbirni yuqori saviyada o'tkazish uchun zarur ko'rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi. O'FF Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Marupov Inomjon Islomovich boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 noy 18:11:34
Zabihilla Akhmedov
Futzal haqida ekan, mening fikrim katta futbol haqida edi
   
25 noy 18:09:51
Zabihilla Akhmedov
VAR ni ham bemalol koʻrishadi, tez koʻrib chiq, tezroq toʻpni ber futbolchilarga - oʻynasin. Muxlislar ham koʻrsin futbol!
   
25 noy 16:13:53
Kingsman
Azim Ismailov foydalanuvchining fikriga javob berish
Сал эьтиборлирок булинг Бу йигилиш футбол хакида эмас Бу йигилиш футзал хакида ф у т з а л
фулбол диб ойламман, а так али хожа, хожа ади де бабир
   
25 noy 13:45:44
Azim Ismailov
Kingsman foydalanuvchining fikriga javob berish
Итга хам кизумас бу йегилишларин санлани. 34 йилдан бери мажлис киласанла, фудболни чунмисанла КАЛТА ФАХМЛАР Лигаси
Сал эьтиборлирок булинг Бу йигилиш футбол хакида эмас Бу йигилиш футзал хакида ф у т з а л
   
25 noy 13:07:39
Kingsman
Итга хам кизумас бу йегилишларин санлани. 34 йилдан бери мажлис киласанла, фудболни чунмисанла КАЛТА ФАХМЛАР Лигаси
   
25 noy 13:06:04
Kingsman
Манга коса Суперлига камандалани сонини 10 та киб койиш кере, хотя шу 10 таси хам коп. Ози 3-4 та каманда курашади коганлари халкни, бюджет ни пулини еб йотади, суперлигада копто тепиб берса болди булага. На бир максади бор булани на бир мухлиси. Йо узи умуман максади йоо командани бокиманда киб оргатиб болдик. Хусусийлаштирамиз десак узбек фулболидар фойда кориб бомиди. Билмадим була отирволиб хар доим нимани мажлис килади. 34 йил мажлис билан отиб кетди, 34 йилдан бери АГМК, Кизилкум, Шуртан, Хоразм, Согдиана, Бухоро яна бошкала факат бокиманда болиб юрди. Максади йо. Испания, Англия ни мисол килишила мумкун улада хам борку унака клубла диб. Лекин улани клуби фойда беради, трансфер, форма сотувла, билетладан. Ула бокимандамас !
   
25 noy 12:56:01
Kingsman
Нима суперлига шунчали зормиди Перлужи Каллинала бошкарадиган даражала ? ОЧЛ Элит лигада Насафни ахволини кордик, суперлигани хакикий даражасини корсатди. Андижоннику гапирмасаям болади. Нима кереги бор бунака суперлигани. Тагин озича була мажлис киб кояди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика