O'FF vakillari va MTJ murabbiylari shtabi ishtirokida jonli efirda yig'ilish bo'lib o'tadi
16 iyu 2017 15:52
Yangiliklar
O'FF vakillari va MTJ murabbiylari shtabi ishtirokida jonli efirda yig'ilish bo'lib o'tadi
21 iyun kuni O'zbekiston futbol federaciyasi va milliy terma jamoa murabbiylari ishtirokida savol-javob anjumani o'tkaziladi.
"Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyalaridan biri O'zbekiston sport sohasiga bag'ishlanadi. Anjumanga Milliy Olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi, O'zbekiston futbol federaciyasi va futbol bo'yicha Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi vakillari taklif qilingan. Mavzuga oid, o'zingizni qiziqtirgan savollarni bizga oldindan yuborish imkoniyatiga egasiz. Bizni 21-iyun kuni jonli efirda kuting!", - deyiladi Xalqaro Press-klubning feysbukdagi xabarida.
Fikrlar