So’nggi yangiliklar

09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6

O'FF uchun yangi logo qanchalik zarur? Yangiliklar

O'FF uchun yangi logo qanchalik zarur?

Teglar :  ArgentinaBraziliya
Argentina va Braziliya terma jamoasini maydonda tanib olish umuman qiyin emas. Biz boshlanishiga shu haqda ko'proq o'ylashimiz kerakdir?

Boshimga yangi shapka, egnimga yangi ko'ylak kiyganim bilan men o'sha-o'sha Diyor bo'lib qolaveraman. Fikrlarim, principlarim, qarashlarim o'zgarib qolmaydi, demoqchiman. Madomiki shunday ekan, O'FF ham yangi logotip bilan o'zgarib qolmasligiga ishonaman. Bizda muammolar etarlicha, ularni hal qilmay turib brend haqida bosh qotirishga ertadir balki.

So'nggi bor Turinning “Yuventus” klubi o'z logotipini o'zgartirdi. Qanday qilib? Yangi rahbariyat kelgani yoki boshqa narsa uchun emas. Italiyada “Yuve” bir necha yillar davomida shakllanib keldi va o'z yo'lini topib oldi. Qolgan klublar davlat qaramog'idagi stadionlarga rozi bo'lib yurganida, A seriya klublari orasidan birinchi bo'lib “keksa senora” o'ziga stadion qurdi. CHempionatda ketma-ket besh yil chempionlikni qo'lga kiritdi, CHempionlar Ligasida finalgacha bordi. Mamlakatda uning brendi eng yaxshi bo'lib shakllanib kelayotgan bir vaqtda rahbariyat logotip haqida bosh qotira boshladi.

Bizda Oliy Liga o'rniga Super Liga vujudga kelish arafasida turibdi. Birinchi Liga esa Pro Liga nomini oladi. Marhamat, bu ligalar uchun yangi logolar kerak, albatta. To'g'ri, O'FF yaqinda O'FAga aylanadi, yani, O'zbekiston futbol associaciyasi. Tashkilot ichida endi ayollar futboli ham, futzal ham bor. Oson emas uni boshqarish, tartibga solish. Bu borada rahbariyatga katta sabr tilayman. Hozir esa taklif qilingan logolarni amaldagisi bilan solishtirib, bir fikrga kela olmadim. Har holda O'FFni Osiyoda amaldagi belgisi bilan ancha tanib qolishgandi.

“Atletiko” logoni qanday o'zgartirganini eslab ko'ring. O'sha-o'sha brendini zamon talablari asosida takomillashtirdi. Yani, ular Amerika kashf qilib o'tirmay, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish haqida ko'proq o'yladi. Bizda esa xayolga kelib qolgan suratlar chizilgandek. Agar biz faqatgina bitta kompaniya bilan emas, bir nechtasi bilan ishlasak, raqobat vujudga keladi. Kompaniyalar har bir rangni nega ishlatganidan tortib, alohida belgilar nimalarni bildirishiga qadar izohlab beradi.

P.S. Maqola aslida boshqacharoq edi. O'FF logosi qolaversin, degandim. Keyin hamkasblarimdan biri O'FF O'FAga o'zgarmoqchi, yani, associaciya bo'lmoqchi, degan fikrni berdi. Agar shunday bo'lsa, nega ovozga qo'yilgan variantlarda hali ham O'FF turganini tushunmadim. Bir donagina O'FA varianti bor. Demak, o'sha variant g'olib chiqdi deb o'ylayverishim kerakmi? Unda so'rovnoma kimga kerak edi?


Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика