So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning Yangi yil tabrigi Yangiliklar

O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning Yangi yil tabrigi

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FF
O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov O'zbekiston xalqi, futbol jamoatchiligi, muxlislar va OAV xodimlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi.


«2017 yil tarixda qolayapti. Yangi yil bilan birga yangi rejalar, yangi maqsadlar va yangi loyihalar kirib kelmoqda.

O'tgan vaqt mobaynida o'zbek futboli turli davrni boshdan kechirdi. Afsuski, g'alabalardan ko'ra mag'lubiyatlar ko'proq bo'ldi. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. O'smirlar va Yoshlar terma jamoalari ham bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. Ammo endilikda o'zbek futbolida yangi davr boshlanmoqda.

12 sentyabr kunidagi Hisobot-saylov konferenciyasidan boshlab shu kunga qadar o'tgan qisqa vaqt davomida futbolimizda katta islohotlar amalga oshirildi va bu islohotlar davom etyapti.

Birinchi navbatda, o'zbek futbolida amalga oshirish kerak bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. O'FF bayrog'i ostidagi musobaqalar o'tkazilishi saviyasini OFK standartlari holatiga olib kelish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish birlamchi vazifa qilib qo'yildi.

Ikkinchi ustuvor vazifa esa, texnikaviy rivojlantirish masalalar bo'lib, unga bolalar va o'smirlar, ommaviy futbol, ayollar futboli, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi vazifalar kiradi.

Uchinchi ustuvor vazifa, PFL va hududiy federaciyalar faoliyatini kuchaytirish bo'lib, unda asosiy etibor, futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalarini o'tkazish tizimini tubdan isloh qilish, O'FFning azolari hisoblangan 14 ta hududiy federaciyaning mamlakat futbolini rivojlantirishdagi roli va dahldorligini oshirishga qaratildi.

To'rtinchi ustun esa, xalqaro munosabatlar bo'lib, bu jabhada asosan FIFA, OFK, UEFA va boshqa konfederaciyalar, hududiy federaciyalar, milliy federaciyalar bilan o'zaro hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan xalqaro tajribalarni o'zlashtirish masalalariga etibor qaratish ko'zda tutildi.
Yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun O'zbekiston futbol federaciyasi xodimlari tomonidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi maktabgacha talim muassasalari va maktablarda “Kelajak umidlari” deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida yurtimizning mashhur futbolchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi sifatida bolalarga to'plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirishdi.

Kelasi yilda butun Republika bo'ylab 1000ga yaqin ana shunday musobaqalar, tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Futbolimiz poydevori hisoblangan bolalar futbolini rivojlantirish uchun xorijdan bir qator etuk mutaxassislar yurtimizga jalb qilinyapti. Jumladan, serbiyalik Zavisha Mixaylovich, “Real” Madrid akademiyasi murabbiyi Kiko Zuniga poytaxtimizda bo'lishdi. Yanvar oyida yurtimizga belgiyalik mutaxassislar Kris van Puyvelde va Bekir Tedek tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu mutaxassislar yurtimizda faoliyat olib borish orqali, istedodli bolalarni saralab olish va ularning istedodini sayqallash borasida O'zbekistondagi murabbiylarga o'z maslahatlarini berib borishadi. SHuningdek, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Evropaning kuchli klublariga tavsiya qilishadi.

Milliy chempionatimiz saviyasini oshirish va klublar o'rtasidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida, Oliy liga va Birinchi liga Superliga va Pro-ligaga aylantirilib, musobaqa formati o'zgardi. Endilikda Superligada 12ta jamoa kurash olib boradi. Bu esa o'z navbatida milliy chempionatda shiddat oshishini taminlab beradi.
Yangi mavsumdan boshlab klublar oldiga qo'yiladigan talablar ham o'zgardi. Endilikda har bir klub o'z qoshida akademiya, futzal va ayollar jamoalariga ega bo'lishi kerak bo'ladi.

Futbolchilar chiroyli futbol namoyish qilishi uchun uchrashuvlar bo'lib o'tadigan stadion va maydonlarning sifati ham talabga javob beradigan bo'lishi, 1200 lyuksdan kam bo'lmagan yoritish uskunalariga ega bo'lishi shart qilib belgilandi. Muxlislarga qulaylik tug'dirish maqsadida, o'yinlar boshlanish vaqtlari ish vaqtidan keyinga (18:30, 20:30) qo'yildi.

Milliy chempionat futbolchilarining jismoniy holatini nazorat qilib borish, terma jamoalarimizga har tomonlama kuchli futbolchilarni etishtirib berish maqsadida o'zbek futboli tarixida birinchi marta O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan futbolchilardan normativlar qabul qilish yo'lga qo'yildi. Bu normativlar futbolchlarni o'z ustida ishlashga majbur qiladi. Futbolchilarning jismoniy holati kuchli bo'lsa, terma jamoalarga nomzodlarni saralab olishda murabbiylar qiyinchilikka duch kelishmaydi.

Xalqaro aloqalarni mustahkamlar maqsadida o'tgan to'rt oydan kam vaqt davomida FIFA va OFK prezidentlari Janni Infantino va SHayx Salmon Ibrohim bin Xalifa bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Bu uchrashuvlarda o'zbek futbolini rivojlantirish masalalari muhokam qilindi. FIFA hamda OFK tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish uchun katta mablag'lar ajratilishiga kelishib olindi.

Dekabr oyi boshida OFK prezidentining yurtimizga tashrifi va O'zbekiston Kubogi finalini bevosita stadiondan tomosha qilib borishi katta voqelik bo'ldi.

Bundan tashqari, BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya futbol associaciyalari prezidentlari bilan o'tkazilgan uchrashuvlar va imzolangan memorandumlar ham o'zbek futboli uchun juda manfaatli bo'ldi. Ana shu memorandumlar asosida terma jamoalarimiz o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari tashkil etildi.

O'zbek futboli tarixida birinchi marta Milliy chempionatimizda ishtirok etadigan klublar murabbiylari va xodimlarini malaka oshirish uchun xorijga yuborish yo'lga qo'yildi. Superliga klublari dekabrda Qatarning mashhur “Aspetar” tibbiy markazida malaka oshirib qaytishgan bo'lsa, klub murabbiylari yanvar oyida Janubiy Koreyaning Key-ligasida tajriba to'plash imkoniyatiga ega bo'lishadi.


O'tayotgan yil yoqimli g'alabalarni taqdim qilganini ham etirof etish kerak. Jumladan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi dekabr oyida Taylandda bo'lib o'tgan Xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, finalda Yaponiya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratdi va yurtimizga g'alaba bilan qaytdi.

Endilikda, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoani katta musobaqa – Osiyo chempionati kutib turibdi. Yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida Olimpiya terma jamoamizdan faqat va faqat g'alaba kutib qolamiz. Ushbu terma jamoa yigitlari kelajakda Milliy terma jamoa asosini tashkil qilishadi. SHu sababli ham ulardan umidimiz katta.

Milliy terma jamoamiz – futbolimiz yuzi. Ushbu terma jamoaning natijalariga qarab o'zbek futboliga Xalqaro futbol jamoatchiligi baho beradi. SHu sababli ham milliy terma jamoamizning kuchaytirish, yuqori saviyaga olib chiqish uchun ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, terma jamoamizga munosib sparring raqiblar topish, kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish borasida ham muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilning mart oyida Jahon chempionatiga yo'l olgan Marokash terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishdi. SHuningdek, may oyida yana bir JCH ishtirokchisi Eronga qarshi o'yin o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga tez orada xorijdan kuchli murabbiy olib kelinadi. Bu murabbiy albatta o'z terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga yo'l olgan, katta tajribaga ega murabbiy bo'ladi.

Ishonchimiz, komilki, bu amalga oshirilayotgan islohotlar tezda o'z samarasini berib, o'zbek futboli yana yuqori bosqichga chiqadi. Olimpiya va Milliy terma jamoalarimiz Tokio va Qatarda bo'ladigan Olimpiada va Jahon chempionatlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritib, butun o'zbek xalqini xursad qilishadi.

Aziz do'stlar! Kirib kelayotgan yangi 2018 yil oilangizga tinchlik, xonadoningizga baraka olib kirsin. Yangi g'alabalar, yangi muvaffaqiyatlar doimo yor bo'lsin. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko'taramiz degan umiddaman», - deydi O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tabrigida.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика