So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokidagi dastlabki matbuot anjumani qanday o'tdi? (Taassurot) Yangiliklar

O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokidagi dastlabki matbuot anjumani qanday o'tdi? (Taassurot)

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida O'FF yangi prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida jurnalistlar uchun dastlabki matbuot anjumani o'tkazildi.

Ushbu anjuman O'FF prezidentligiga saylov bo'lib o'tgan kundan oradan 15 kun o'tib tashkil etildi. Bugungi anjumanda shuningdek, O'FF vice-prezidenti SHoakram Isroilov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'FF ijroqo'm azolari Rustam Qurbonov va Murod Alievlar ishtirok etishdi. 

O'FF matbuot kotibi Sanjar Rizaev olib borgan matbuot anjumanida dastlab O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov so'z olib, keyingi to'rt yillik uchun ishlab chiqarilgan dastur haqida malumot berdi. Keyinchalik odatga ko'ra savol-javoblarga o'tildi. Aytish mumkinki, anjumanning savol-javob qismi ancha qizg'in kechdi. Bunda OAV etiboridagi asosiy shaxs albatta O'FFning yangi rahbari bo'lgani savollarning deyarli barchasi Umid Mahamadjonovichga qaratildi. 

Jurnalistlar savollariga javob qaytarar ekan, Umid Ahmadjonov etiborni futbolning barcha yo'nalishlariga qaratish lozimligini aytib o'tdi. U kishining aytishicha, O'FF bundan buyon yangicha tizimda ishlaydi va buning uchun barcha sohalar bo'yicha malakali kadrlar xizmatiga ehtiyoj sezadi. 

Albatta, bizning etiborni ko'proq O'FF yangi prezidentining shaxs sifatida qanday insonligi, muomala madaniyati hamda jurnalistlar bilan muloqotga doim tayyorligi tortdi. Umid Ahmadjonovning gap-so'zlaridan ko'rindiki, u kishi futbolimiz rivoji uchun allaqachon eng shimarib ishga kirishgan. Tez orada O'FF va PFLda kadrlar almashinuvi bo'lishi kutilmoqda. 

Kadrlar almashishi avvalambor bo'lim rahbarlari bilan bog'liq bo'ladi. Garchi anjumanda aniq aytilmagan bo'lsa-da, yaqin orada PFL Bosh direktori Farhod Magometov, Terma jamoalar bo'limi xodimi Asqar Tolibjonov, Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish qo'mitasi raisi Ahrol Inoyatov kabi shaxslarning ishdan ketishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, shu paytgacha O'FFning avvalgi prezidenti Mirabror Usmonovga O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev birinchi yordamchi bo'lib ishlab kelayotgandi. Hozircha Sardor Rahmatullaevning O'FFdan ketishi borasida bir gap aytish qiyin. CHunki u kishi OFK ijroqo'm azosi hisoblanadi. Albatta, OFK yig'ilishlarida O'zbekistondan ham vakil bo'lgani yaxshi. Buning foydali tomonlari ko'p. 

Lekin endilikda Sardor Rahmatullaevning O'FFdagi ishi faqat Bosh kotiblikni davom ettirishdan iborat bo'lsa kerak. Yangi prezidentga birinchi yordamchilikni esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti sobiq rektori SHoakram Isroilov bajaradi. Matbuot anjumanida yana shu narsa malum bo'ldiki, milliy terma jamoamizning navbatdagi bosh murabbiyi xorijlik mutaxassis bo'ladi. Faqat hozircha kimligi malum emas. 

SHuningdek, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish uchun alohida qo'mita tashkil qilinadi. Katta ehtimol bilan keyingi yildan oliy liga formati ham o'zgaradi. Bir so'z bilan aytganda, o'zbek futbolida o'ta jiddiy islohotlar boshlanish arafasida, xalqimiz esa birinchi navbatda yangi rahbariyatdan o'zbek futboliga shaffoflik olib kirishni kutmoqda va bu yo'lda barchaga omad tilab qolamiz. 

X.Xoliqov. 


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика