So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  8 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  8 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

O'FF prezidenti saylovi. U qanday o'tishi kerak? Yangiliklar

O'FF prezidenti saylovi. U qanday o'tishi kerak?

O'FF nihoyat hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadigan sanani rasman elon qildi – 12 sentyabr.

Ko'pchilik sanani bilib bo'lgandi, faqat rasmiy tasdiq kutilayotgandi. Endi O'FF prezidenti saylovi qanday o'tishi haqida malumot beramiz.

NOMZODLAR
Sananing rasman elon qilinishi nomzodlarning ilgari surish uchun muhim jihat hisoblanadi. O'FF nizomida (27.2 modda) shunday deyilgan, Ijroqo'm navbatdagi Konferenciya qachon va qaerda bo'lishini belgilaydi. O'FF azolari Konferenciyaga 6 hafta qolguniga qadar yozma ravishda bundan xabardor etilishi lozim. 27.3 moddada shunday yozilgan: Rasmiy xabarnoma Konferenciyaga 2 oy qolguniga qadar taqdim etilishi lozim. Rasmiy xabarnomaga kun tartibi, Prezidentning qilingan ishlar hisoboti, moliyaviy hisobot, auditorlik hisobot va qolgan kerakli hujjatlar biriktirilgan bo'lishi lozim.

O'FF azolari kerakli hujjatlarni olishganmi yoki yo'qmi bundan bexabarmiz. Biroq ular barchasini vaqtida olishganini va konferenciya sanasining kech elon qilinishi O'FF rasmiy sayti tufayli sodir bo'lganini taxmin qilamiz.

Xullas O'FF azolari konferenciya o'tishiga 2 oy qolganida kun tartibini olishdi, O'FF Prezidenti saylovidagi savollarni ko'rishdi. Keyin nima bo'ladi? Keyin O'FF nizomining 39.3 moddasi ishga tushadi.

O'FF Prezidenti bo'lish uchun faqat O'FF azolari o'z nomzodlarini qo'ya olishadi. O'FF azolari o'z nomzodini yozma ravishda Bosh kotibiyatga Konferenciya boshlanishiga 4 hafta qolguniga qadar yuborishlari lozim.

Konferenciya boshlanishiga 4 hafta qolgan vaqt bu  – 15 avgust. Yani bir hafta oldin nomzodlarni qabul qilish to'xtatilgan. Ammo hech kim nomzodlar haqida hech nima bilmaydi. Bu ikkita narsani anglatishi mumkin – yoki nomzodlar yo'q, yoki nomzodlar o'zlarini panada tutishni istashmoqda. Ammo shu erda O'FF nizomining 39.4 moddasiga qaraymiz:

Bosh kotib Konferenciya boshlanishiga kamida ikki hafta qolguniga qadar nomzodlarni yozma ravishda O'FF azolariga yuborishi lozim.

Yani 29 avgust kuni O'FF bosh kotibi O'FF Prezidenti bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini yuborishi lozim. O'FF bu nomlarni qachon ommaga elon qilishi kerakligi nizomda qayd etilmagan.



SAYLOVCHILAR
SHu kunlarda o'quvchilarimiz berayotgan asosiy savollardan biri kimlar saylash huquqiga ega? O'FF Prezidentini O'FF Konferenciyasi saylaydi, shu bois faqat konferenciya delegatlari saylash huquqiga egalar. O'FF nizomining 22.1 moddasida shunday yozilgan:

Konferenciya 80 nafar delegatdan iborat. Barcha delegatlar bilan tanishing:
a) har bir viloyat federaciyasidan – 2 nafardan delegat;
b) Professional futbol ligasidan – 1 nafar delegat;
v) har bir klubdan – 1 nafardan delegat;
g) Ayollar futbol Associaciyasidan – 1 nafar delegat;
d) futzal Associaciyasidan – 1 nafar delegat;
e) Ayollar futbol Associaciyasi, ayollar futzali va plyaj futbolidan – 1 nafar delegat;
j) O'zbekiston faxriylar kengashi – 1 nafar delegat;
z) Terma jamoalar markazidan – 1 nafar delegat;
i) Respublika murabbiylar va hakamlar tayyorlash maktabidan – 1 nafar delegat;
k) Respublika oliy sport ustalari maktabidan – 1 nafar delegat;
l) Futbol klublari qoshidagi bolalar-o'smirlar maktabidan – 1 nafardan delegat;
m) Futbol muxlislar klubidan - 1 nafar delegat;
n) futbolchilardan – 1 nafar delegat;
o) hakamlardan – 1 nafar delegat;
p) murabbiylardan – 1 nafar delegat;
r) O'FF azosi bo'lgan qolgan tashkilotlar – 1 nafar delegat


Bu ro'yxat bo'yicha bir nechta savol bor. Masalan, Ayollar futbol Associaciyasi va Ayollar futbol Associaciyasi, ayollar futzali va plyaj futboli o'rtasida qanday farq bor? Futbolchilar, hakamlar va murabbiylar o'z delegatlarini qanday tanlashadi?
O'FF nizomi 22.2 moddasida shunday yozilgan:
Har bir delegat O'FF azolari bilan affilir bo'lishi lozim, u O'FF azolarining tegishli  organi tomonidan saylangan yoki tanlangan bo'lishi kerak. Delegatlar shaxslarini tasdiqlovchi xujjatga ega bo'lishlari zarur.

Aytgancha, delegatlar umumiy soni 80 emas 75 nafar chiqmoqda. Xatto Nasaf-2ni alohida klub deb olsak, delegatlar soni 76 nafar bo'ladi.

SAYLOV JARAYONI
O'FF Prezidenti saylovining birinchi turida g'olib bo'lish uchun delegatlarning 3dan 2 qismi ovozini olishi kerak. Yani 80tadan 54ta. Ikkinchi yoki undan keyingi turlardagi g'alaba uchun ovoz beruvchilarning yarmidan ko'pi, yani 41ta ovoz olsa etarli bo'ladi.


Reyting: -60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика