O'FF prezidenti “Nasaf”ni tabrikladi
12 noy 2013 11:08
Yangiliklar

O'FF prezidenti “Nasaf”ni tabrikladi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov 2013 yilgi mavsumda Oliy ligada bronza medalga sazovor bo'lgan “Nasaf” futbol klubi jamoasini muborakbod etdi.
Tabrik maktubida jumladan shunday deyiladi:
“O'zbekiston Oliy ligasida chempionlik uchun kurash 2013 yilda avvalgi yillarga qaraganda yanada shiddatliroq, yanada qiziqarliroq o'tdi. Jamoalarning saviyasi oshib borayotganligi natijasida chempionlik poygasi oxirgi turlargacha hayajonli davom etdi. Ushbu musobaqada Toshkent klublariga katta raqobat tug'dirgan “Nasaf” futbol klubi musobaqa yakunlariga ko'ra, uchinchi o'rinni egallab, bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Umid qilamanki, “Nasaf” jamoasi 2014 yilgi mavsumda Oliy liga chempionligi uchun yanada keskin kurash olib boradi va Qashqadaryo viloyati ishqibozlarini nihoyat oltin medallar va chempionlik unvoni bilan xursand qiladi. Buning uchun klubda salohiyat ham, imkoniyat ham, sharoitlar ham etarli.
Bronza medallari muborak bo'lsin!
O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti M.Z.Usmonov.

Fikrlar