So’nggi yangiliklar

14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  0 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  5 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  4 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  15 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5

O'FF prezidenti Mirabror Usmonov Xose Mariya Mendez bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FF prezidenti Mirabror Usmonov Xose Mariya Mendez bilan uchrashdi

Kecha O'zbekiston futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov futzal bo'yicha O'zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez bilan uchrashdi.

Ispaniyalik mutaxassis O'FF binosida Mirabror Zufarovich qabulida bo'ldi. O'FF prezidenti Mendezga mamlakatimizda olib borayotgan samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va unga O'zbekiston futbol Federaciyasi ko'krak nishoni va esdalik sovg'asi topshirdi.

Ispaniyalik Xose Mariya Pazos Mendez O'zbekiston terma jamoasini oldin ham boshqargan, uning avvalgi murabbiyligi davrida terma jamoamiz 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar etib borgan edik.

Murabbiyning mamlakatimizdagi ikkinchi bor faoliyati ancha samarali bo'ldi. Quyida janob Mendez 2015 yilning mart oyida faoliyatini boshlaganidan keyin erishgan yutuqlarini keltirib o'tamiz.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan:

- 2016 yili Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati finalchisi (10-21 fevral, 2016 yil, Toshkent);
- 2016 yili Kolumbiyada o'tkazilgan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchisi (10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil, Kolumbiya).

"Ardus" jamoasi bilan:

- O'zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016);
- O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2015-2016, 2016-2017);
- Associaciya kubogi sohibi (2015);
- O'zbekiston kubogi finalchisi (2017).

Ayni paytda futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasini 16-26 may kunlari tarixda ilk bor o'tkaziladigan va Tailand mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorlamoqda.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика