O'FF prezidenti Abbosbek Maxstalievni tabrikladi
05 dek 2013 15:58
Yangiliklar

O'FF prezidenti Abbosbek Maxstalievni tabrikladi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov Paxtakor futbol klubi azosi Abbosbek Maxstalievni davlatimizning yuksak mukofoti – O'zbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan tabrikladi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 3 dekabrdagi Yuqori natijalarga erishgan bir guruh iqtidorli yoshlarni mukofotlash to'g'risidaga Farmoniga asosan, Toshkentning Paxtakor futbol klubi azosi va O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Abbosbek Maxstaliev O'zbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Abbosbek Maxstalievni Davlatimiz Rahbari tomonidan taqdim etilgan ushbu yuksak unvon bilan o'z nomimdan, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va butun O'zbekiston futbol jamoatchiligi nomidan qutlar ekanman, yosh futbolchi ushbu mukofotni keyingi muvaffaqiyatli o'yinlar uchun bir rag'bat, o'z ustida yanada qattiqroq ishlash uchun omil, yangi g'alabalar uchun ishtiyoq sifatida qabul qilishini istardim, - deyiladi O'FF prezidenti tabrigida.
Farmon qayd etilganidek, Abbosbek Maxstaliev O'zbekistonning xalqaro maydondagi obro'-etibori va nufuzini oshirishga qo'shgan salmoqli hissasi, professional mahorati va yorqin istedodi bilan sport sohasida yuqori natijalarga erishgani uchun yuksak faxriy unvon bilan taqdirlandi.
Ishonamanki, Abbosbek Maxstaliev o'ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlab, O'zbekiston futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qolish uchun tinmay harakat qiladi, - deyiladi O'FF prezidenti tabrigida.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar