O'FF kechagi mojarodan xabardor
02 fev 2015 10:28
Yangiliklar

O'FF kechagi mojarodan xabardor
O'FF Tailanddagi King's Cup xalqaro turnirida O'zbekiston - Janubiy Koreya jamoalari o'rtasidagi o'yinda yuzaga kelgan mojarodan xabardor.
O'zbekiston va Janubiy Koreya jamoalari o'rtasidagi o'yinda yuzaga kelgan mojaro yuzasidan O'FF Koreya Futbol Uyushmasi bilan telefonda suhbatlashdi.
O'FF Terma jamoalar markazi ushbu masala yuzasidan futbolchi va O'zbekiston U22 murabbiylar shtabi bilan gaplashadi va tegishli chora ko'radi.
SHu bilan birga ushbu mojaroning Koreya Futbol Uyushmasi bilan o'rnatilgan yaxshi aloqalarga tasir qilmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko'radi, deb yoziladi O'FFning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kecha Tailanddagi "Qirol kubogi" doirasidagi O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yini vaqtida ikki nafar futbolchimiz qizil kartochka olgandi. Toxir SHamsiddinov uchrashuv so'nggida raqib futbolchisining yuziga qo'li bilan uch bor zarba bergandi.

Fikrlar