So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

O'FF: Daromad va xarajatlar aniq raqamlarda Yangiliklar

O'FF: Daromad va xarajatlar aniq raqamlarda

O'tgan haftada O'FFning hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tgani, unda Mirabror Usmonov yana bir bor O'FF Prezidenti lavozimiga saylangani to'g'risida malumot bergandik.
O'FF tomonidan tayyorlangan hisobot jurnalida turli holatlar bo'yicha qilingan ishlar keltirib o'tilgan. Jumladan, O'FFning 2006 yildan 2013 yil yakuniga qadar daromad va xarajatlari aniq raqamlarda keltirilgan.

Bizda futbol ichida, ayniqsa klublarda bunday raqamlar ommadan sir tutiladi. Buning sababi nimada ekanligini bilmaymiz. CHunki klublar OFK talabiga ko'ra, audit tekshiruvidan o'tishlari shart. Buni esa keyin elon qilish kerak. Biroq bizda biror klubdan bu haqida malumot olishning imkoniyati yo'q. Vaholanki, ular hukumat tomonidan ajratilgan mablag' hisobiga faoliyat yuritishadi, shu sababli pul qanday ishlatilgani haqida malumotni so'ralgan taqdirda OAV ixtiyoriga havola qilishlari lozim. O'FF bu borada barchaga o'rnak bo'lib, 8 yillik daromad va xarajat miqdorini o'sha jurnalda batafsil yoritgan.

Demak, O'FFning 2006-2013 yillarda topgan daromadi va qilgan xarajatlari bilan tanishib oling.

Daromad (so'mda)
Homiylar  - 57 mlrd 216 mln 700 ming
O'FF va Fonddan yordam -  70 mln
Realizaciya (chiptalar, ofis ijarasi, depozitdan foizlar)  - 43 mlrd 252 mln 200 ming
Kelajak fondidan dividentlar  - 189 mln
Klublardan badallar  - 8 mlrd 678 mln 700 ming
Maqsadli (valyutada)  - 18 mlrd 858 mln
Madaniyat va Sport ishlari Vazirligidan -  3 mlrd 272 mln 600 ming
Ustav kapitali -  961 mln 900 ming
Jami: 132 mlrd 499 mln so'm

Ko'rib turganingizdek, o'tgan 8 yil mobaynida turli manbalardan olingan daromad 132 milliard so'mdan ko'proqni tashkil qilgan.

Xarajat (so'mda)
Mamuriy xarajatlar  - 17 mlrd 501 mln 800 ming
Maoshlar va hakamlarga to'lovlar  - 5 mlrd 666 mln 100 ming
Viloyat fondlariga maoshlar  - 657 mln 500 ming
Qurilish  - 22 mlrd 420 mln 45 ming
Terma jamoalar -  41 mlrd 239 mln 800 ming
Seminar va o'qishlar -  348 mln 800 ming
Ommaviy futbol va sovrinlar, klublar uchun to'plar -  522 mln 700 ming
Ishlab chiqarish va dividentlarga xarajatlar  - 32 mlrd 90 million
Qo'l ostidagi uyushmalarga ustav kapitali -  270 mln 300 ming

Jami: 120 mlrd 717 mln 600 ming

O'FF hisobida qolgan mablag': 12 mlrd 181 mln 700 ming

Xarajatlar miqdori esa daromaddan ortib ketmagan. 8 yillik yakunlariga ko'ra, O'FF hisob raqamida 12 milliard so'mdan oshiq mablag'ni jamg'argan.

Murabbiylar tayyorlash, ularning malakasini oshirish ham hozirga kelib asosiy masalalardan biriga aylanib ulgurgan. 2006 yildan buyon O'FF OFK bilan hamkorlikda murabbiylarning xalqaro kurslarini o'tkazib kelmoqda. “S”, “V”, “A” hamda “Pro” licenziyasi uchun o'tkazilayotgan kurslarda nafaqat yurtimiz, balki xorijdan bo'lgan mutaxassislar ham tahsil olishni boshlab yuborishgan. 8 yil davomida jami 68 bor murabbiylik kurslari bo'lib o'tgan. 47 marta “S”, 12 bor “V”, 6 marta “A” va 3 bor “Pro” licenziyasi uchun o'qish tashkil etilgan. O'sha kurslarda 1699 nafar mutaxassis ishtirok etib, licenziyalarni qo'lga kiritgan. Barcha kurslarda o'qigan murabbiylar ham mavjud. Ularda murabbiylarga asosan Evropadan kelgan mutaxassislar talim berib kelishyapti.

O'FF qoshida ochilgan “Futbol MED” korxonasida esa hozirda oliy va birinchi ligada ishtirok etuvchi barcha jamoalar tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart etib qo'yilgan. Dastlab bu ko'pchilikka yoqmagandi, biroq ayni paytda jamoalar buning foydali ekanligini bilib olishdi. Yil mobaynida futbolchilardagi o'zgarishlar to'liq holda qayd etib boriladi. Futbolchilarda stomatologik va yurak bilan bog'liq kasalliklar ushbu korxona vrachlari tomonidan ko'p bor qayd etilganini kuzatdik. Davolanishdan keyingina ularga futbol o'ynashga ruxsat berildi. Bu ham “Futbol MED”ning nomiga ish yuritmayotganini isbotlaydi. Bu erda tibbiy ko'rikdan o'tgan soni quyidagicha:

N

Bo'limlar

2011

2012

2013

Umumiy

1.

Oliy liga klublari

1240

1542

1431

4213

2.

Birinchi liga klublari

1105

1286

1258

3649

3.

Terma jamoalar

97

134

244

475

4.

Murabbiylar kurslarda

80

104

124

308

5.

Hakamlar

218

304

288

810

6.

Nazoratchilar

81

82

88

251

7.

Akademiyalar

120

120

302

542

8.

Ayollar jamoalari

-

40

682

722

9.

Boshqa sport turlari

40

80

102

222

10.

Mini-futbol

-

19

35

54

11.

Murabbiylar va jamoa rahbarlari

210

260

330

800

Jami

3191

3971

4884

12046

 
Futbolimizda yangi 4 yillik davrga qadam qo'yish arafasida turibmiz. Umid qilamizki, biz keyingi hisobot paytida faqat g'alaba va muvaffaqiyatlardan so'z ochamiz.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика