O'FF “Andijon” va “Neftchi” futbol klublariga jarima soldi
10 fev 2015 13:46
Yangiliklar
O'FF “Andijon” va “Neftchi” futbol klublariga jarima soldi
O'zbekiston Futbol Federaciyasining futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha komissiyasi majlisida bir guruh futbolchilarning shikoyatlari ko'rib chiqildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, “Andijon” futbol klubida qoniqarsiz muhit yuzaga kelgan. Jamoaning birdaniga to'qqiz nafar futbolchisi klub rahbariyati tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagani yuzasidan shikoyat qilgan.
Komissiya futbolchilar oldidagi maosh va boshqa to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni to'lash uchun muddat belgiladi, shuningdek, “Andijon” futbol klubi jarimaga tortilib, yangi futbolchilarni zayavka qilishiga nisbatan cheklov o'rnatildi.
Xuddi shunday choralar Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga ham qo'llanildi. Klub raisi Tohir Kapadzening vada berishicha, klub 1 martgacha katta murabbiy Sergey Kovshov, o'yinchilar Jahongir Jiyamurodov va Vyacheslav Ponomaryov oldidagi majburiyatlarini bajaradi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar