So’nggi yangiliklar

21:10Суперлига. "Шўртан" – "Динамо" (матнли трансляция)  9 21:10ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда "Қорабоғ"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов эса захирадан майдонга тушди  3 21:07"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ўйинчиси билан музокараларни бошлади  3 21:05Суперлига. Навоийда бугун байрам. "Қизилқум" уйга қайтган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  80 21:00А Серия. "Рома" ўз уйида "Фиорентина"ни қабул қилмоқда, Шомуродов илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  15 20:35РПЛ. ЦСКА меҳмонда "Ахмат" билан дуранг ўйнади, Файзуллаев тўлиқ ўйнади ва огоҳлантирилди  5 20:02АПЛ. МЮ "Брентфорд"га мағлуб бўлди, "Ньюкасл" ва "Тоттенхэм" ўз ўйинларида дуранг қайд этишди  4 19:55“Сўғдиёна“ Фарғонада иккита гол урган баҳсда “Нефтчи“ 2:1 ҳисобида ғалаба қозонди  32 19:32"Фрайбург" — "Байер" ўйини учун таркиблар маълум, леверкузенликлар очко йўқотса, "Бавария" муддатидан олдин чемпионликка эришади  0 19:31"Челси" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  10 18:58Ла Лига. "Реал" Мбаппенинг дубли эвазига ғалаба қозонди, "Сельта" камбэкка яқин келганди  63 17:58"Интер" ва "Барса" ўртасидаги EЧЛ жавоб ўйинини ким бошқариши маълум  7 16:21Клопп "Реал"га рад жавобини берганидан афсусда  19 15:27Breaking! Александр Хомяков "Андижон"дан кетди  61 15:23Арда Турон "Шахтёр" бош мураббийи бўлишга яқин  5

O'FF 2014 yil laureatlarini taqdirladi Yangiliklar

O'FF 2014 yil laureatlarini taqdirladi

Bugun O'FF va PFLning yil yakunlari va yangi mavsum boshlanishiga bag'ishlangan tantanali marosimi o'tkazildi.
“Fair Play” sovrini o'tgan yil Toshkentning “Lokomotiv” klubiga nasib etgandi. “Bunyodkor” klubi uch marta, “So'g'diyona” va “Olmaliq” bir martadan ushbu sovringa ega chiqqandi.

2014 yil O'FF “Fair Play” sovrinini “Olmaliq” klubiga topshiridi. Sababi Igor SHkvirin shogirdlari 2014 yil oliy ligada umuman qizil kartochka olishgani yo'q. “Olmaliq” bu borada o'tgan yil yagona klub bo'ldi.

Fair Play
2008 – “Bunyodkor” (Toshkent)
2009 – “Bunyodkor” (Toshkent)
2010 – “Bunyodkor” (Toshkent)
2011 – “So'g'diyona” (Jizzax)
2012 – “Olmaliq” (Olmaliq)
2013 – “Lokomotiv” (Toshkent)
2014 – “Olmaliq” (Olmaliq)

2007 yildan buyon O'FF eng yaxshi bolalar-o'smirlar murabbiyini aniqlab kelmoqda. Dastlabki sovrindor Robert Gay bo'lgandi. Keyingi yil Aleksandr Lyan ushbu mukofotni qo'lga kirtgan. 2009-2011 yillarda, ketma-ket uch yil davomida Aleksey Evstafeev eng yaxshi bolalar-o'smirlar murabbiyi deb topildi. Oxirgi ikki yil ushbu sovrin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq ustozi Dilshod Nuralievga nasib qilgandi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev 2014 yilning eng yaxshi bolalar-o'smirlar murabbiyi deb topildi.

Eng yaxshi bolalar-o'smirlar murabbiyi
2007 – Robert Gay
2008 – Aleksandr Lyan
2009 – Aleksey Evstafeev
2010 – Aleksey Evstafeev
2011 – Aleksey Evstafeev
2012 – Dilshod Nuraliev
2013 – Dilshod Nuraliev
2014 – Temur Olimxo'jaev

2007 yilda eng yaxshi yosh futbolchi nominaciyasi ham tasis etilgan. Uning ilk sohibi Abdumutallib Abdullaev bo'lgandi. Keyingi yil “Mashal” futbolchisi SHaxzod SHaymanov ushbu sovrinni qo'lga kiritgandi. 2009 yil Temur Hakimov Osiyo chempionati saralashidagi o'yinlari tufayli, 2010 yil Abbos Maxstaliev Osiyo chempionati final bosqichidagi o'yinlari sababli bu mukofotga sazovor bo'lishgan. 2011 yili O'FF birdaniga 3 nafar yosh futbolchiga bu sovrinni topshirdi. Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etganlardan Davlatbek Yorbekov, Temur Hakimov va Bobur Davlatov eng yaxshi yosh futbolchi deb topilishdi. 2012 yil Jamshid Boltaboev va Otabek SHukurov, 2013 yilda Jamshid Boltaboev, Izzatilla Abdullaev va Akobir To'raev eng yaxshi yosh o'yinchi deb tan olingandi.

2014 yil bu nomga o'smirlar terma jamoamiz azosi Islom Kenjaboev sazovor bo'ldi.

Eng yaxshi yosh futbolchi
2007 – Abdumutallib Abdullaev
2008 – SHaxzod SHaymanov
2009 – Temur hakimov
2010 – Abbos Maxstaliev
2011 – Davlatbek Yorbekov, Temur Hakimov va Bobur Davlatov
2012 – Jamshid Boltaboev va Otabek SHukurov
2013 – Jamshid Boltaboev, Izzatilla Abdullaev va Akobir To'raev
2014 - Islom Kenjaboev

O'zbekistonning eng yaxshi hakami nominaciyasida ketma-ket 10 marta Ravshan Ermatov g'olib deb topildi.
 
Eng yaxshi hakam
2006 – Ravshan Ermatov
2007 – Ravshan Ermatov
2008 – Ravshan Ermatov
2009 – Ravshan Ermatov
2010 – Ravshan Ermatov
2011 – Ravshan Ermatov
2012 – Ravshan Ermatov
2012 – Ravshan Ermatov
2013 – Ravshan Ermatov
2014 – Ravshan Ermatov

Qarshining “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan o'tgan yili oliy ligada 26 ta o'yinda 18ta gol urib yilning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Takidlash lozimki, bungacha hech bir futbolchi “Nasaf” safida o'ynab to'purar bo'lmagan.


Yilning eng yaxshi murabbiyi deb “Paxtakor”ni O'zbekiston chempioni qilgan Samvel Babayan tan olindi.

Eng yaxshi murabbiy
1996 – Viktor Jalilov (“Navbahor”)
1997 – Rustam Mirsodiqov (“Do'stlik”)
1998 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
1999 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
2000 – Bahrom Hakimov (“Nasaf”)
2001 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
2002 – Viktor Jalilov (“Paxtakor”)
2003 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
2004 –Tachmurad Agamurodov (“Paxtakor”)
2005 – Viktor Jalilov (“Mashal”)
2006 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
2007 – Rauf Inileev  (O'zbekiston milliy terma jamoasi)
2008 – Ahmad Ubaydullaev (O'zbekiston yoshlar terma jamoasi)
2009 – Igor SHkvirin (“Olmaliq”)
2010 – Aleksey Evstafeev (O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi)
2011 – Vadim Abramov (O'zbekiston milliy terma jamoasi)
2012 – Mirjalol Qosimov (O'zbekiston milliy terma jamoasi/“Bunyodkor”)
2013 – Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”)
2014 - Samvel Babayan ("Paxtakor")

Yilning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasida O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov g'olib bo'ldi. U uchinchi bor mamlakatimizda tengsiz bo'ldi.

Eng yaxshi futbolchi
1992 – Valeriy Kechinov (“Paxtakor”)
1993 – Mirjalol Qosimov (“Paxtakor”)
1994 – Igor SHkvirin (“Makkabi” Isroil)
1995 – Oleg SHackix (“Politotdel”/“Navbahor”)
1996 – Pavel Bugalo (“Paxtakor”)
1997 – Pavel Bugalo (“Paxtakor”)
1998 – Mirjalol Qosimov (“Paxtakor”)
1999 – Andrey Akopyanc (“Paxtakor”)
2000 – Jafar Irismetov (“Do'stlik”)
2001 – Mirjalol Qosimov (“Krilya Sovetov” Rossiya)
2002 – Aleksandr Geynrix (“Paxtakor”)
2003 – Maksim SHackix (“Dinamo” Ukraina)
2004 – Mirjalol Qosimov (“Alaniya” Rossiya)
2005 – Maksim SHackix (“Dinamo” Ukraina)
2006 – Maksim SHackix (“Dinamo” Ukraina)
2007 – Maksim SHackix (“Dinamo” Ukraina)
2008 – Server Jeparov  (“Bunyodkor”)
2009 – Odil Ahmedov (“Paxtakor”)
2010 – Server Jeparov (“Seul” J.Koreya)
2011 – Odil Ahmedov (“Anji” Rossiya)
2012 – Sanjar Tursunov (“Alaniya” Rossiya)
2013 – Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Rossiya)
2014 – Odil Ahmedov ("Krasnodar” Rossiya)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика