So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  44 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

O'FAda Superliga klublari, stadionlar direktorlari va viloyat FF masullari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FAda Superliga klublari, stadionlar direktorlari va viloyat FF masullari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Bugun O'zbekiston futbol associcaciyasida Superliga klublari va stadionlar direktorlari hamda viloyat futbol federaciyalari vice-prezidentlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga yanada ko'proq muxlislarni jalb qilish, yaqinda start oladigan Pro-liga o'yinlarining ochilish marosimlarini bayramona ruhda o'tkazish kabi masalalar o'rin oldi.

Yig'ilish avvalida Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelayotgan muxlislar uchun barcha shart-sharoitlar muhayo qilishini zarurligi, muxlislar futbolga xuddi bayramga kelgandek oila azolari bilan birga tashrif buyurishlari va stadiondan katta zavq bilan chiqib ketishlari kerakligi O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan alohida topshiriq berilgani takidlab o'tildi. O'yinlar tomoshabinlar bilan to'la stadionlarda o'tadigan bo'lsa bu holat maydonda to'p surayotgan futbolchilarga ham tasir ko'rsatib, o'yinlar shiddati va jozibasi yanada oshishi tilga olindi.


Yig'ilishda so'zga chiqqan O'zbekiston Professional futbol ligasi direktori o'rinbosari Mirsardor Alimov O'FA va PFL tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Superliga o'yinlariga avvalgi mavsumga qaraganda sezilarli ravishda ko'p muxlislar tashrif buyurayotgani, bu esa muxlislar o'rtasida o'zbek futboliga bo'lgan qiziqish ortib borayotganidan darak berishi haqida aytib o'tdi. Ammo shunga qaramay stadionlarga ishqibozlarni yanada ko'proq jalb qilish, Superliganing har bir o'yinida stadionlar to'lishini, stadionda bayramona muhit hukmronlik qilishi uchun yana qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi haqida aytib o'tdi. Bu borada tayyorlangan maxsus taqdimot yig'ilganlarga namoyish qilinib, stadionlarga kelayotgan muxlislar orasida muxlislik madaniyatini shakllantirish borasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida tushuntirish berildi.

SHuningdek, stadionlarda egulik va ichimliklar sotuvini yo'lga qo'yish borasida katta tajribaga ega kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish, klubning ramzlari tushirilgan kepka, futbolka, ruchka, bloknot, sharf kabi turli atributikalarining sotuvini yo'lga qo'yish, ayniqsa, kichkina bolakaylarga mo'ljallangan klub liboslarini ko'paytirish kerakligi izohlandi.

Bu borada “Navbahor” futbol klubi tomonidan amalga oshirilgan ishlar boshqa klublarga ham namoyish etildi va bu borada batafsil malumot berildi.



Muxlislarni stadionlarga jalb qilishda O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Yoshlar Ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamg'armasi va “O'zbekturizm” bilan hamkorlikda ish olib borishga ham alohida ahamiyat qaritildi. Jumladan, yurtimizdagi maktabgacha talim muassasalari katta guruhlari va o'rta maktablarning 1-4-sinf o'quvchilari uchun stadionlarga ekskursiyalar uyushtirish, stadionlarda jajji bolakaylar uchun qo'shimcha attrakcionlar barpo qilish zarurligi malum qilindi. Bundan tashqari, Oliy o'quv yurtlarida talim olayotgan talabalar talabalik guvohnomalarini ko'rsatgan holda stadionlarga bepul tashrif buyurishlarini yo'lga qo'yish ham takidlab o'tildi. CHet ellardan O'zbekistonga kelayotgan turistlar uchun stadionlarimizga turlar uyushtirish masalasi ham ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, ikki kundan keyin boshlanadigan Pro-liga uchrashuvlarining ochilish marosimlarini ham xuddi Superliga o'yinlari ochilish marosimlari kabi bayramona ruhda o'tkazish, uchrashuvlardan avval turli dasturlar tayyorlash borasida fikr almashildi.

Yig'ilish so'nggida klublar va stadionlar direktorlari kun tartibidagi maslalar yuzadigan o'z taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика