So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

O'FAda OFK mutaxassislari tomonidan marketing bo'yicha seminar o'tkazildi Yangiliklar

O'FAda OFK mutaxassislari tomonidan marketing bo'yicha seminar o'tkazildi

Teglar :  O'FAOFK
Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida Osiyo futbol konfederaciyasidan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida marketing bo'yicha seminar o'tkazildi.

Seminarni OFKning Ligalarni rivojlantirish qo'mitasining Markaziy va Janubiy Osiyo bo'yicha oficeri Yogesh Desai va OFKning strategik rejalashtirish va marketing sohasi bo'yicha konsultanti Elnur Mamedov olib borishdi.

Ushbu seminarda Superligada ishtirok etuvchi klublarning marketing bo'yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida klublarda marketing bo'yicha olib boriladigan chora-tadbirlar, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, homiylar bilan ishlash, buning uchun ahamiyat qaratish kerak bo'lgan jihatlar haqida so'z yuritildi.

Jumladan, Elnur Mamedov o'tgan yili O'FA bilan hamkorlikda futbol klublari vakillari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar, biznes vakillari ishtirokida o'tkazilgan seminarning xulosalari bilan yig'ilganlarni tanishtirdi.

Klublarda marketing sohasini rivojlantirishda teletranslyaciyalarning ahamiyati ham katta ekani, bu borada PFL hamda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotgan tahsinga sazovor ekani qayd etildi.

Seminar davomida yig'ilganlar OFK mutaxassislariga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика