So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  0 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   9 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  5 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  O'zbekistonO'FA
Bugun, 24 dekabr kuni Toshkentdagi "Zarafshon" zalida O'FA yillik hisobot kongressi bo'lib o'tdi.


Tadbir yakuniga etdi.

18:50. Nihoyat, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nominaciyasiga etib kelindi. Kuchli uchlikka kirgan futbolchilar - Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG"), Eldor SHomurodov ("Rostov"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"). Sovrinni O'FA prezidenti Abdusalom Azizov topshiradi. Eldor SHomurodov "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

18:46. Sovrin qo'lga kiritgan SHota Arveladze O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyini elon qiladi. Nomzodlar - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf"), Ulug'bek Baqoev ("So'g'diyona") va Vadim Abramov ("Bunyodkor" va O'zbekiston terma jamoasi). G'olib - Vadim Abramov.

18:42. Navbat "Superliganing eng yaxshi murabbiyi" sovriniga. G'olibni Birodar Abduraimov aniqlab berdi va sovrin "Paxtakor" ustozi SHota Arveladzega topshirildi.

18:40. "Superliga to'purari" sovrinini topshirish uchun XII Osiyo o'yinlari g'olibi Igor SHkvirin sahnaga taklif qilindi. Sovrinni 23ta gol bilan Superligada to'purar bo'lgan Dragan CHeran qo'lga kiritdi.

18:37. "Superliganing eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchun nomzodlar elon qilinmoqda (Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov, Xurshid G'iyosov). G'olibni Server Jeparov aniqlab beradi. Sovrin Dragan CHeranga nasib etdi, ammo futbolchi tadbirda yo'qligi tufayli sovrinni Jafar Irismetov qabul qilib oldi.

18:32. O'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov sahnaga taklif etildi. AGMK bosh murabbiyi yil ramziy terma jamoasini elon qiladi.

Darvozabon: Abduvohid Nematov ("Nasaf")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Igor Golban ("Navbahor"), Sardor Qulmatov ("So'g'diyona"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor").

Hujumchilar: Dragan CHeran ("Paxtakor"), Humoyun Murtazoev ("Nasaf").


18:26. Navbat Sevar Nazarxon ijrosidagi "Vatanim" qo'shig'iga.

18:22. "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" uchun nomzodlar elon qilindi (Umida Zokirova, Maftuna SHoimova, Diyoraxon Habibullaeva). Sovrinni Sevara Nazarxon topshiradi. Eldor SHomurodov xonandaga terma jamoamiz libosini taqdim etdi. Demak, "Bunyodkor" vakilasi Umidaxon Zoirova sovrinni qo'lga kiritdi.


18:20. "Jasorat" nominaciyasida O'zbekiston amputantlar jamoasi g'olib bo'ldi.

18:19. "Eng yaxshi futzalchi" sovrinini AGMK vakili Akbar Usmonov qo'lga kiritdi.

18:18. "Fair Play" nominaciyasida "Nasaf" g'olib bo'ldi. Ular joriy mavsum hammadan kam ogohlantirildi (35ta sariq kartochka).

18:16. Osiyo CHempionlar ligasi final bahsini boshqargan Valentin Kovalenko "Eng yaxshi hakam" sovrinini qabul qilib oldi.

18:13. "Eng chiroyli gol" nominaciyasida "Metallurg" yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarovning "Navbahor" darvozasiga urgan goli g'olib bo'ldi. 

18:07. Jasur Jaloliddinovga "Eng yaxshi yosh futbolchi" sovrinini futbolimiz faxriysi To'lagan Isoqov topshirdi.

18:04. "Eng yaxshi yoshlar murabbiyi" sovrini Saken Pulatov topshirdi. Sovrinni "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qabul qilib oldi.

18:01. "Eng yaxshi hududi associaciya" sovrinini topshirish uchun sahanaga Birodar Abduraimov taklif qilindi. Ushbu nominaciyada Andijon g'olib bo'ldi.

17:57. Sahnaga taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev chiqib keldi.

17:54. Musiqiy tanaffus. Jenisbek Piyazov o'z sanati bilan mehmonlarni ko'nglini shod qildi.

17:53. "Yilning eng yaxshi futbol jurnalisti" sovrinini Qahramon Aslanov qabul qilib oldi.

17:51. Jismoniy tarbiy va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov sahnaga taklif qilindi. U "Muxlislar tashrifi" sovrinini o'z egasiga topshirdi. Ushbu sovrin "Navbahor" ishqiboziga taqdim etildi.

17:48. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedovga "Fidoyilik ramzi" sovrinini qabul qilib oldi. Ushbu sovrin O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov tomonidan topshirildi.

17:45. Superliga homiysi CocaCola kompaniyasiga maxsus sovrin taqdim etildi.

17:42. "O'zbek futboli nuroniysi" sovrini "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy", "SHuhrat" medali, O'FF ko'krak nishoni sohibi Narimon Jalolovga topshirildi.

17:20. Tadbirni O'FA media departamenti rahbari Davron Fayziev so'zlari bilan boshlandi. SHundan so'ng O'FA bosh kotibi Avaz Maqsumov nutqqa chiqdi.

- Marosim boshlandi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика