So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумга узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  37 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  11 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

O'FA yana bir hakam, "Dinamo" klubi vakillari va “Olot Istiqlol” futbolchisini jazoladi Yangiliklar

O'FA yana bir hakam, "Dinamo" klubi vakillari va “Olot Istiqlol” futbolchisini jazoladi

Futbol sohasida korrupcion holatlarga chek qo'yish bo'yicha keng ko'lamli ishlar davom ettirilmoqda.

O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi O'zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupcion holatlar, yani bir qator futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlari va kelishilgan o'yinlarda qatnashgan shaxslarni aniqlash bo'yicha say-harakatlarni davom ettirmoqda.

O'FA Etika qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida O'FA hakami O.To'ychiboev bo'yicha aniqlangan holatlar ko'rib chiqildi.

Qo'mita tomonidan O.To'ychiboev O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarda “Dinamo” PFK vakillarining ishtiroki ham aniqlanib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanildi.

SHuningdek, mazkur yig'ilish qarori bilan Buxoro viloyati 2-liga musobaqasi ishtirokchisi “Olot Istiqlol” futbolchisi N.Xasanov “Buxoro-W” ayollar futbol klubi vakillarining ko'rsatmalariga asosan ularni haq evaziga totalizatorda ishtirok etishga undagani uchun O'FA intizom kodeksining 5.44., 5.53. va 5.60. bandlariga asosan bir yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Mazkur qarorlar O'FA tomonidan rasmiy tarzda elon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика