So’nggi yangiliklar

04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  3 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  14 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  6 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  1 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  66 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8

OFK kongressi bo'lib o'tdi, O'FAning poziciyasi barchani hayron qoldirdi Yangiliklar

OFK kongressi bo'lib o'tdi, O'FAning poziciyasi barchani hayron qoldirdi

Bugun OFK shtab-kvartirasida mazkur tashkilotning 28-kongressi bo'lib o'tdi.

Kongressda bir qator masalalar bilan bir qatorda OFK Nizomiga o'zgartirish kiritish masalasi ham ko'rib chiqildi. Gap shundaki, 2019 yilning 6 aprel kuni OFK prezidentligiga navbatdagi saylov o'tkaziladi. Sal avvalroq saytimizda "OFK prezidenti shaffof saylov haqida gapirdi" xabarini chop etgandik. 



Kongressda so'zga chiqqan OFKning amaldagi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa saylov jarayonida hammasi shaffof bo'lishini alohida takidladi. Bugungi kongressda ko'tarilgan eng muhim masala - Osiyo futbol konfederaciyasining yangi Nizomiga ko'ra, OFK prezidenti bo'lishga davogar shaxs OFKga azo istalgan uchta mamlakat qo'llab-quvvatlashi tufayli o'z nomzodini ilgari surishi mumkin bo'ladi. 

Yani, bunday holatda prezidentlikka o'z nomzodini qo'ygan vakilni o'zi yashab turgan mamlakat futbol federaciyasi qo'llab-quvvatlamasligi mumkin, biroq boshqa istalgan uchta federaciya maqullasa saylov jarayonida ishtirok eta oladi. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak, aytaylik, kimdir O'zbekistondan OFK prezidentligiga o'z nomzodini qo'ymoqchi. Lekin uning nomzodini O'zbekiston futbol associaciyasi qo'llamayapti. Biroq Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'iziston qo'llasa prezidentlikka davogar shaxs bemalol o'z nomzodini qo'ya oladi. Xuddi shunday imkoniyat boshqalarda ham bir xil darajaga teng bo'ladi. 

Bugungi kongressda tashkilot Nizomiga aynan shu masala bo'yicha o'zgartirish kiritish ilgari surildi. OFKga azo 42ta mamlakat "Ha" degan bo'lsa, faqat 4ta davlat vakillari "Yo'q" deyishdi. Qizig'i shundaki, "Yo'q" deganlar orasida O'FA ham bor. Bizdan tashqari BAA, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya ham o'zgarish bo'lishini xohlamadi.


SHu o'rinda nima sababdan "Yo'q" degan boshqa davlatlarni tushunsa bo'ladi. Gap shundaki, navbatdagi prezidentlik saylovida Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreyadan bir nafardan nomzod bo'ladi. SHu bois ular bu o'zgarishga qarshi. BAAga kelsak, mamlakat futbol federaciyasi bu borada Saudiya Arabistoni tomon bo'lmoqda. SHuningdek, OFKning hozirgi rahbari SHayx Salmon bahraynlik bo'lsa-da, Bahrayn futbol federaciyasi ham uning nomzodini maqullamayapti. CHunki Bahrayn ham bu o'rinda Saudiya Arabistoni taraf. SHuning uchun Saudiya Arabistoni tasirida qolgan Bahrayn o'z fuqarosining nomzodini qo'llab-quvvatlamaydi. 

SHu o'rinda bir savol tug'iladi: kongressda ishtirok etgan O'FA vakillari nega "Yo'q" degan yozuvni ko'tarishdi. Bu bilan O'FA SHayx Salmonga qarshi deyilmoqchimi? Yani, biz ham Saudiya Arabistoni tomoniga o'tib oldik desa bo'ladimi? Yuqorida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Janubiy Koreya bilan yuzaga kelgan vaziyatni tushuntirib o'tdik. Lekin biz nega qarshimiz? Va bu bilan nimaga erisha olamiz? 

Esingizda bo'lsa, shu yilning 26 sentyabr kuni Toshkentda birinchi marta OFK Ijroqo'm yig'ilishi o'tkazilgandi. SHu munosabat bilan OFK prezidenti SHayx Salmon yurtimizga tashrif buyurgan va tashrif davomida bazi masalalar ko'tarilgandi. SHuni aytib o'tish joiz, o'shanda OFKga azo tashkilotlarning aksariyati Ijroqo'm yig'ilishi Toshkentda bo'lib o'tishini maqullamagan. Bu avvalo viza muammosi hamda bazi shaharlardan Toshkentga to'g'ridan-to'g'ri reys yo'qligi bilan izohlangandi. SHunga qaramay, OFK prezidenti yig'ilish Toshkentda bo'lib o'tishini qo'llab-quvvatlagan va barchani ko'ndira olgandi. 

Nahotki endi vaziyat o'zgargan bo'lsa? Yaxshi bilasiz, 2020 yil Tailandda o'tkaziladigan U-22 Osiyo chempionati saralash bosqichining biz joy oladigan guruh o'yinlari kelasi yil martda O'zbekistonda o'tkaziladi. Bu ham SHayx Salmon tufayli bo'lsa kerak. OFK prezidentining yordami faqat shu bilan cheklanib qolmaydi. 2016 yil futzal bo'yicha Osiyo chempionati ham Toshkentda o'tkazilishida OFK rahbarining qarori katta rol o'ynagandi. 

CHunki o'sha musobaqa tufayli biz tarixda ilk bor futzal bo'yicha jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritganmiz. Agar O'FA hozirdan OFKning amaldagi prezidentiga qarshi chiqishni boshlasa, bu holat erta-indin BIZga o'z tasirini ko'rsatmasmikin. Biz ko'proq mana shundan xavotirdamiz. Hali oldinda klublar va O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokida ko'plab xalqaro o'yinlar borligini unutmaslik lozim. 


X.Xoliqov


Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика