So’nggi yangiliklar

18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  6 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   3

O'FA qoshidagi futbol hakamlari akademiyasining talablari elon qilindi Yangiliklar

O'FA qoshidagi futbol hakamlari akademiyasining talablari elon qilindi

Hakamlik tizimini yanada rivojlantirish, yosh hakamlarning bilim va tajribasini oshirish maqsadida O'FA tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.

Ushbu akademiya yosh va iqtidorli hakamlarni tayyorlash, ularga professional darajada bilim va ko'nikmalar berish hamda hakamlar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish orqali hakamlik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Akademiyaga futbolchilik faoliyatini turli sabablarga ko'ra yakunlagan, jismonan etuk, futbol bo'yicha bilimga ega va chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi. O'zbekistonning eng tajribali referilari, ustoz-murabbiylari va FIFA instruktorlari yosh hakamlarni har tomonlama kuchli, bilimli va professional mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Akademiyaning boshlanishi va tanlovlar haqida batafsil malumotlar O'FA rasmiy sahifalarida elon qilinadi. Tanlov va talablarga quyidagilar kiritilgan:

- Yosh: 18-28 yosh oralig'ida bo'lishi;

- Antropometrik ko'rsatkichlar: erkaklar uchun kamida 170 sm, ayollar uchun kamida 160 sm bo'lishi;

- Jismoniy tayyorgarlik darajasi;

- Futbol haqidagi tushunchasi va nazariy bilimlar;

- Kompyuter texnologiyalari hamda chet tili, xususan, ingliz tili bo'yicha bilim darajasi.

Akademiyada talim jarayoni 6 ta modul asosida tashkil etiladi va talabalar maxsus ekipirovka hamda kerakli jihozlar bilan taminlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика