So’nggi yangiliklar

12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  0 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   10 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  2 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  4 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  1 08:28Туркия Суперкубоги. «Бешиктош» ва «Галатасарой» ортасидаги учрашувда дахшатли натижа қайд этилди  1 08:00«Ливерпуль» МЮни йирик ҳисобда мағлуб этди, «Ман Сити» эса «Челси»га ҳеч қандай имконият қолдирмади  10 07:31Ўртоқлик учрашуви. «Эл-Класико»да «Барселона» «Реал Мадрид»ни минимал ҳисобда мағлуб этди  28 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  1

O'FA qachon to'g'ri, aniq va professional ishlaydi? Yangiliklar

O'FA qachon to'g'ri, aniq va professional ishlaydi?

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 22 avgustdan buyon Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Biz imkon qadar muxlislarga, o'quvchilarimizga terma jamoamiz lageridagi yangiliklar, xabarlar va mashg'ulot tafsilotlarini etkazishga harakat qilyapmiz.

Deyarli har kuni mashg'ulotlarga borilmoqda, imkon qadar rasmlar, video lavha orqali reportajlar tayyorlanmoqda. Bazida mashg'ulotlar qaerda bo'layotganidan xabar topyapmiz, bazida esa joylar o'zgarib qolmoqda. O'FA matbuot xizmati esa MTJning tayyorgarlik jadvalini elon qilgani yo'q. Yoki kunlik xabar ham berib bormayapti. Avvallari Sanjar Rizaev MTJning har kunlik mashg'uloti haqida batafsil malumot berardi. Qaerda bo'ladi, qachon va nechida. Mashg'ulot qaysi payt OAV uchun ochiq yoki shunga o'xshash holatlar haqida batafsil axborotga ega bo'lardik.

Muxlislar odatda terma jamoamiz mashg'ulotlari paytida futbolchilar, murabbiylarning fikrlari bilan qiziqishadi. Mirjalol Qosimov davrida terma jamoamiz mashg'ulotlari OAV uchun to'liq ochiq bo'lgan. Hech kim haydalmagan. Babayan bosh murabbiylik paytida Sanjar Rizaev (O'FFning sobiq matbuot kotibi) OAV huquqlarini inobatga olgan holda jurnalistlarga ishlash uchun sharoit yaratib bergan. Dastlabki 15 daqiqalik OAV uchun ochiq mashg'ulotdan so'ng jurnalistlar har kuni 3-4 nafar futbolchilardan blic-intervyular olish imkoniyatiga ega bo'lishardi. MTJning OAV uchun dastlabki 15 daqiqalik ochiq mashg'ulotdan so'ng hech qachon jurnalistlar avvalgi O'FF matbuot xizmati yoki PFL (aslida PFL tashkiloti MTJ ishiga aralashmagan, chunki haqqi bo'lmagan) xodimlari tomonidan haydalmagan.



Biz ijodiy guruhimiz bilan 31 avgust kuni MTJ odatdagidek "Jar"dagi zaxira maydonida mashg'ulot o'tkazsa kerak, deb yo'l oldik. Borsak, u erda MTJ shug'ullanmayotgan ekan. Qorovul amaki esa MTJga dam berilgan, bugun bu erda mashg'ulot bo'lmaydi dedilar. Xo'p deb ortga qaytdik. Masalan, o'shanda O'FA matbuot xizmati MTJning mashg'ulot jadvali haqida OAVga to'liq malumot berib turganida ovora bo'lib mashg'ulotga bormasdik. Yoki bayram kuni, yani 1 sentyabr kuni ham MTJ mashg'ulotini o'tkazib yubormaylik, yangiliklar bo'lsa muxlislarga etkazaylik, degan manoda MTJ mashg'ulot o'tkazadigan "Jar" tomon otlandik. Borsak, bayram kuni Kuper futbolchilarga qisqa tatil bergani malum bo'ldi. Yana ortga quruq qo'l bilan qaytishga majbur bo'ldik. Keyingi kuni, yani yakshanbada ham fotosuratchimiz bilan birgalikda belgilangan vaqtda "Jar"ga keldik. Hech kim yo'q. Bugun MTJ mashg'ulotga kirishganini bilardik, ammo aniq malumotni qaerdan olishni bilmadik. Taxminan "TTMI" stadioni tarafga ketdik. "TTMI"ga borganimizga sabab, ikki kun avval MTJ o'sha erda mashg'ulot o'tkazgani haqida eshitgandik. Bugun ham balki o'sha erda mashg'ulot o'tkazayotgandir, degan taxmin bilan bordik.  Ammo u erda endigina "Lokomotiv" mashg'uloti tugagan ekan. Keyin esa yana bir variant sifatida "Paxtakor"ni stadioniga keldik. Qarasak, MTJ "Paxtakor"da shug'ullanmoqda. Mashg'ulot tugash pallasiga kelishimizga qaramasdan Otabek SHukurovni MTJ lageriga qo'shilganidan xabar topdik va buni muxlislarga etkazdik.

Kecha ham MTJ mashg'ulotini kuzatish maqsadida "Jar"ga bordik. Dastlabki 15 daqiqalik tasvirga olish ishlaridan keyin PFL xodimi bizdan chiqib ketishni so'radi. Biz esa o'z navbatida bugungi mashg'ulot, umuman mashg'ulotlar ochiq yoki yopiq bo'lishi haqida O'FAda hech qanday xabar chiqmaganini aytdik. CHunki shuncha yo'l yurib, ishlash uchun kelgan jurnalistlarga bunday munosabat qilishlari ochig'i ajablantirdi. Albatta, mashg'ulotni qanday o'tishi va qay tartibda bo'lishini bosh murabbiy hal qiladi. O'FA matbuot kotibi Yoqubjon Bobojonov Ektor Kuper mashg'ulotlar jurnalistlar uchun faqatgina 15 daqiqa ochiq bo'lishini istayotganini aytdi. Ammo shu narsani, yani mashg'ulotlar jadvalini professional ravishda har kunlik yoki reja bo'yicha jadvalni elon qilib qo'yilsa, olam guliston. Bu kabi tushunmovchilik yoki sargardonlik bo'lmaydi.

SHuningdek, Ektor Kuper yig'inga kirish chog'ida O'FA matbuot xizmatiga kichik intervyu berdi. Lekin O'FA matbuot xizmati negadir Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilmadi. Ha, ertaga katta ehtimol Suriya bilan o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lishi mumkin. Ammo u matbuot anjumani Suriyaga qarshi uchrashuvdan oldin tashkil qilinadigan anjuman. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yig'inga kirishidan oldin nimani istayotgani, yig'inda nimalarga urg'u berilishi yoki tarkibni qay tariqa aniqlaganiga tushuntirish berib o'tsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Masalan, Germaniya terma jamoasi yig'inga kirishishidan avval Yoaxim Lyov va GFI menejeri ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Roppa-rosa 2 soatdan ko'p davom etgan matbuot anjumanida Lyov JCHdagi muvaffaqiyatsizlik, murabbiy sifatida yo'l qo'ygan xatolari, kelajak rejalari, yig'indan ko'zlangan maqsad va tarkibni qaysi tamoyillarga asosan tanlaganiga izoh va tushuntirish berdi. O'yinlarini tahlil qilib, tahliliy axborot ham jurnalistlarga taqdim etildi. Jurnalistlar orqali muxlislarga etkazildi. Bu ham O'FAga shunchaki tavsiya va tayyor qo'llanma aslida. Nega bizda O'FA Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilib bermadi? Yangi kelgan paytidagi matbuot anjumanini nazarda tutmadim. CHunki u matbuot anjumanida Kuper bilan etarlicha savol-javob qilishning imkoni yo'q edi. Odatda terma jamoalar yig'inga kirishishdan avval va keyin jurnalistlar bilan muloqot qilishadi. Bu FIFA reglamenti yoki qoidasida yozilmagan. Terma jamoa xalqniki va millionlab muxlislar terma jamoaning har bir qadami va taqdiri bilan juda qiziqishadi, qayg'urishadi.

Muxlislar Ektor Kuper va terma jamoamiz futbolchilaridan intervyu olishni so'rashadi. Ammo bizning qanchadan-qancha urinishlarimiz hozircha zoe ketdi. Ektor Kuper intervyu berishga O'FAni ruxsati kerakligini aytayotgan bo'lsa, O'FA matbuot xizmati Kuper intervyu berishni istamayotganini takidladi. Barcha savollarga Suriyaga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida javob berishini aytdi.



O'FA matbuot xizmati kecha futbolchilar bilan intervyu tashkil qilib berishga rozilik bildirgandi. Ammo kelishilganidek kunduzi telefon qilib bog'lanishimiz kerak edi. Ammo hozircha O'FA matbuot kotibi Yoqubjon Bobojonov bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi.

O'FA matbuot xizmati jurnalistlarga etarlicha sharoit yoki malumot bermayapti. Mashg'ulotlardan keyin futbolchilardan fikr olish uchun mikst-zona ham tashkil qilinmagan. Hech bo'lmasa MTJning mashg'ulotlar jadvalini elon qilib borish qiyin yumush emas, nazarimizda.

Deyarli barcha qitada ishlagan tajribali Ektor Kuperni intervyulardan qochayotgani g'alati. Ayniqsa intervyu berishga O'FA ruxsati kerakligini aytgani kutilmagan holat. Hech bir murabbiy intervyu berishdan avval kimdandir ruxsat olganini ko'rganim, eshitganim yoki o'qiganim yo'q. Xoh klubda bo'lsin, xoh terma jamoada. Aksincha, futbolchilarga intervyu berishni taqiqlab qo'yish vakolati murabbiylarda mavjud.

Ektor Kuper jurnalistlar bilan muloqotdan qochadigan mutaxassisga o'xshamaydi lekin.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика