So’nggi yangiliklar

18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  6 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   3

O'FA prezidenti bo'limlar rahbarlari bilan yig'ilish o'tkazdi Yangiliklar

O'FA prezidenti bo'limlar rahbarlari bilan yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov bo'limlar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

"Unda har bir yo'nalish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti rahbariyatga taqdim etildi va keyingi rejalar muhokama qilindi. 

Terma jamoalar bo'limiga yangi tayinlangan mutaxassis Usmon Toshev terma jamoalarni muvofiqlashtirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar haqida to'xtaldi. Associaciya rahbari hududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada kuchaytirish talabini qo'ydi. Bolalar va o'smirlar futbolidagi vaziyatlarni jiddiy tahlil etish, muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish, turnirlar ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, selekciya ishlarini yuqori darajaga olib chiqish borasida topshiriqlar berildi. SHuningdek, ayollar futboliga ham alohida to'xtalib, echimini kutib turgan masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig'ilish davomida futbol agentlari faoliyatini tartibga solish, 2022 yilda O'zPFL musobaqalarini yuqori saviyada o'tkazish, keyingi yilgi reglamentda klublarga qo'yiladigan talablar, xususan, maydonlarni o'yinlarga tayyorlash va tashkilotchilik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Abdusalom Azizov har bir yo'nalish bo'yicha ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish, o'zbek futboliga nojo'ya tasir qiluvchi holatlarni yo'qqa chiqarish bo'yicha qatiy talablar qo'ydi. Bo'limlarning ish rejalari ko'rib chiqilib, kerakli tavsiyalar berildi va aniq vazifalar belgilandi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика