O'FA prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa vakillari bilan uchrashdi
27 may 2021 17:50
Yangiliklar
O'FA prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa vakillari bilan uchrashdi
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o'ynaydi.
Safar oldidan bugun O'zbekiston MTJ azolari O'FA prezidenti Abdusalom Azizov bilan uchrashdi. Futbolimiz rahbari milliy jamoamiz oldida turgan musobaqalarning masuliyati, nomzodlarning asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi qanchalik zarurligi, har bir o'yinga sidqidildan tayyorlanish lozimligi haqida fikr bildirdi.
Ijobiy natijaga erishish uchun O'FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi takidlandi. Jamoa etakchilari ham ushbu bahslar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Abdusalom Abdumavlonovich masuliyatli turnirda jamoaga omad tiladi.
O'zbekiston MTJ ertaga so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun BAAga jo'nab ketadi.
Fikrlar